DEPRESSIYa TAShXISINI QO‘YISh
Depressiya tashxisini qo‘yish KXT-10 va DSM- IV (Diagnostic and Statistical Manual of mental disorders IV, ruhiy buzilishlar bo‘yicha diagnostik va statistik qo‘llanma, IV nashri) bo‘yicha olib boriladi. KXT-10 bo‘yicha depressiyaning asosiy va qo‘shimcha simptomlari farq qilinadi. Ushbu xalqaro tasnifga binoan “depressiya” tashxisini qo‘yish uchun quyidagi asosiy simptomlardan kamida ikkitasi, qo‘shimcha simptomlardan esa kamida uchtasi bemorni 2 haftadan oshiq bezovta qilayotgan bo‘lishi kerak.
A. Depressiyaning asosiy simptomlari:
- O‘ta tushkun kayfiyat.
- Qiziqish, qoniqish va hursand bo‘lish hissi yo‘qligi.
- Umumiy quvvat so‘nib, tez toliqib qolish.
- Hayotga pessimistik ruhda qarash.
- Aybdorlik hissi, o‘zini hadeb ayblayverish.
- O‘zidan qoniqmaslik va o‘zini doimo kamsitish.
- Fikrlar karaxtligi, biror qarorga kela olmaslik.
- O‘z joniga qasd qilish xayollariga borish.
- Ishtaha pasayishi, ba’zida kuchayishi.
- Uyqu buzilishi – uyqusizlik yoki uyquchanlik.
- Depressiv kayfiyat.
- Har qanday faoliyatga bo‘lgan qiziqish va ulardan qoniqish hissining keskin pasayishi yoki yo‘qolishi.
- Ishtaha yo‘qolishi va tana vazni kamayishi (gohida ishtaha kuchayishi va tana vazni ortishi).
- Insomniya (gohida gipersomniya).
- Psixomotor qo‘zg‘alishlar yoki tormozlanish.
- Quvvatsizliklik va tez toliqish.
- O‘zini kamsitib hech kimga kerak emasdek his qilish.
- Diqqatni bir joyga jamlay olmaslik, fikrlar karaxtligi.
- O‘z joniga qasd qilish xayollari.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha