Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi IKKALA TIZZA NEGA QAQShAB OG‘RIYDI?

IKKALA TIZZA NEGA QAQShAB OG‘RIYDI?


“Ikkala tizzam qaqshab og‘riydi, nima qilsam bu azobdan qutulaman”, deb shikoyat qiluvchilar ko‘p. Bu holat ko‘pincha qariyalarda va ayollarda uchraydi. Bu og‘riqlarning sabablari ikkala tizzada moddalar almashinuvi buzilishi, kaltsiy tuzlari to‘planishi, zax joylarda uzoq ishlash, lat eyishi kabi holatlardir.
Qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi? Bunday bemorlar qiynalib o‘tirib turishadi, uzoq yura olishmaydi yoki oqsoqlanib yurishadi, yurganda ikkala oyoq tosh osgandek og‘irlashib boradi, chordana qurib o‘tirganda uvishib qoladi, ba’zan muskullar tortishib, qotib qoladi. Bunday bemorlarda, ayniqsa, ayollarda oyoq tomirlari varikoz tipda kengayadi, oyoqlari shishadi. Ular ikkala oyoqning sovuq tortishidan shikoyat qilishadi, yozda ham issiq paypoq kiyib yurishadi. Ikkala oyoqqa issiq juda yoqadi va og‘riqlarni ham kamaytiradi. Biroq oyoq tomirlarida varikoz kengayish va shishlar bo‘lsa, issiqlik muolajalari mumkin emas.
Nima qilish lozim? Bemor vrach tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilishi va bu kasallikning sababi aniqlanishi kerak. Ikkala tizza raqamli rentgen yordamida tekshiriladi, qonda laborator tekshiruvlar qilinadi. Ko‘p hollarda kompyuter tomografiya shart bo‘lmaydi. Ba’zida hamma tekshiruvlar toza chiqadi, biroq ikkala tizza qaqshab og‘riyveradi. Bunday bemorlar vrach tekshiruvidan o‘tgach, radon yoki oltingugurt vannali sanatoriyalarga borishsa, issiq qumga ko‘milishsa, tuzalib ketishadi. Katta yoshga etganda tizza og‘riqlariga uchramaslik uchun yoshlik davrida sport bilan shug‘ullanish kerak.


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
                 © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив