Kussmaul nafasi
Komada yotgan bemorning nafas olishi turli darajada buziladi. Nafas olish tipiga qarab ba’zida koma etiologiyasini aniqlab olish mumkin. Masalan, ketoatsidotik komada Kussmaul nafasi paydo bo‘ladi. Kussmaul nafasi atsidoz va o‘tkir gipoksiya sababli nafas olish markazining kuchli qo‘zg‘alishi hisobiga yuzaga keladi. Kussmaul nafasi gemorragik insultning o‘tkir davri, uremik va jigar komalari, etil spirtidan o‘tkir zaharlanishda ko‘p kuzatiladi. Ammo hech qaysi komada Kussmaul nafasi ketoatsidotik komadagidek yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Kussmaul nafasi – chuqur-chuqur nafas olish va qisqa nafas chiqarishdan iborat o‘ta shovqinli nafas. Ketoatsidotik komada bemorning og‘zidan atseton hidi kelib turadi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Insult va koma, Toshkent, 2013., 193 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha