KO‘RUV NERVI NEVROPATIYaSI
Ko‘ruv nervi zararlanishi ko‘p uchraydi. Chunki u turli salbiy ta’sirlarga o‘ta sezgir hisoblanadi. Bularning ichida qandli diabet, ateroskleroz, arterial gipertoniya, turli etiologiyali tserebrovaskulyar kasalliklar, bosh miya o‘smalari, ekzogen va endogen intoksikatsiyalar, avitaminozlar, virusli infektsiyalar, kollagenozlar va nasliy-degenerativ kasalliklarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bu kasalliklar, asosan, ko‘ruv nervining ikki tomonlama zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu nervning bir tomonlama zararlanishi kam uchraydi va, asosan, o‘smalar (nevrinoma), jarohatlar va yallig‘lanish kasalliklari va a. ophthalmica trombozida kuzatiladi. Ko‘ruv nervi zararlanishi bilan kechadigan barcha kasalliklarda ko‘rish pasayishi (ambliopiya) yoki butunlay yo‘qolishi (amavroz) yuzaga keladi.
Ko‘ruv nervi funktsiyasi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni o‘rganish nafaqat uning patologiyasini aniqlashda, balki nerv sistemasining bir qator kasalliklariga to‘g‘ri tashxis qo‘yishda ham o‘ta muhimdir. Masalan, Foster-Kennedi sindromi bir tomonda ko‘ruv nervining birlamchi atrofiyasi, ikkinchi tomonda diskning dimlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Ko‘ruv nervi atrofiyasi o‘sma bor tomonda kuzatiladi.
Ko‘ruv nervining zararlanishi bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Sekin rivojlanuvchi bir tomonlama ambliopiya yoki amavroz sabablari
- Katarakta, glaukoma, makula degeneratsiyasi.
- Ko‘ruv nervi o‘smasi (glioma), gipofiz adenomasi, meningioma.
- Ichki uyqu arteriyasi anevrizmasi va boshqa sabablar.
- Sekin rivojlanuvchi ikki tomonlama ambliopiya yoki amavroz sabablari
- Ko‘ruv nervining nasliy atrofiyalari (makulyar degeneratsiya, Leber sindromi, Volfram sindromi, Refsum sindromi).
- Xiazma sohasi o‘smalari (glioma, gipofiz adenomasi, kraniofaringioma).
- Optikoxiazmal leptomeningit, IKG, obstruktiv gidrotsefaliya;
- Qandli diabet va boshqa dismetabolik buzilishlar.
- Avitaminoz (V1, V12 va folat kislotasi yetishmovchiligi).
- Tserebrovaskulyar kasalliklar, ekzogen va endogen intoksikatsiyalar va boshqa sabablar.
- Ichki uyqu arteriyasi stenozi, ko‘z arteriyasi trombozi, chakka arteriiti, retinaning markaziy arteriyasi okklyuziyasi;
- Ko‘ruv nervi jarohatlari (oldingi kranial chuqurcha sohasida);
- O‘tkir retrobulbar nevrit (tarqoq skleroz, o‘tkir tarqoq entsefalomielit va b.q);
- OITS, zahm, borrelioz, boshqa infektsiyalar va turli sabablar.
- Tez rivojlanuvchi ikki tomonlama ambliopiya yoki amavroz sabablari
- O‘tkir tarqoq ensefalomielit, tarqoq skleroz, Devik optikomieliti.
- Optikoxiazmal soha abstsessi va bosh miya jarohatlari.
- OITS, zahm, borrelioz va shu kabi boshqa infektsiyalar.
- O‘tkir zaharlanishlar, toksik nevropatiyalar.
- Tez rivojlanuvchi intrakranial gipertenziya.
- Migren xuruji.
- Bazilyar arteriyada yoki a. cerebri posterior havzasida qon aylanishning o‘tkir buzilishi, ensa bo‘lagida gemorragik insult va boshqa sabablar.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha