KRIPTOGEN EPILEPSIYa


Kriptogen epilepsiya – sababi noaniq epilepsiya. Xuddi idiopatik va simptomatik epilepsiyalarning fokal va tarqalgan turlari bo‘lgani kabi, kriptogen epilepsiyaning ham fokal va tarqalgan turlari farqlanadi. Sababi noaniq bo‘lgan har qanday fokal epilepsiyani kriptogen fokal epilepsiyaga kiritish mumkin. Hozirda aksariyat fokal epilepsiyalarning sababi aniqlangan. Shu bois, fokal epilepsiyaning aksariyat turlari simptomatik epilepsiya, ba’zilari esa idiopatik epilepsiyalar guruhiga o‘tkazilgan.
Neyrogenetika va neyrodiagnostikaning rivojlanishi kelajakda «kriptogen epilepsiya» atamasi yo‘qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Unda biz epilepsiyani 2 guruh, ya’ni idiopatik va simptomatik epilepsiyaga bo‘lib o‘rgana boshlaymiz. 
Hozirda tarqalgan kriptogen epilepsiyaning 4 turi farqlanadi.
Tarqalgan kriptogen epilepsiya turlari:
  • Uest sindromi (infantil spazmlar)
  • Lennoks-Gasto sindromi
  • Mioklonik-astatik epilepsiya
  • Mioklonik absanslar bilan kechuvchi epilepsiya

Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Qo`llanma., Toshkent, 2018., 128 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi 
              ©asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив