Kurtz shkalasi


Tarqoq sklerozning klinik statusini aniqlash J.Kurtz tomondan taklif qilingan funktsional sistemalar (Functional Systems-FS) zararlanishini baholovchi 10 balli shkala yorda¬mida olib boriladi. Bu shkala yordamida simptomlarning og‘irlik darajasi 0 balldan 10 ballgacha baholanadi (jadval).
                                               Jadval
                                     Kurtz shkalasi, 1994-yil

Nevrologik buzilishlarning og‘irlik darajasi    
Ball
Nevrologik simptomlar yo‘q (to‘la remissiya)
0
Minimal nevrologik simptomlar (Babinskiy refleksi, sezgi buzilishlari) bo‘lsa-da, funktsional buzilishlar yo‘q.

1
Minimal funktsional buzilishlar (engil parez, ataksiya yoki sezgi buzilishlari)
2
O‘rta darajadagi funktsional buzilishlar (monoparez, engil ataksiya va shu kabi boshqa belgilar), biroq harakatlanish qobiliyati saqlanib qolgan.
3
Kuchli funktsional defekt, ammo bemor mustaqil ravishda 500 m masofani bosib o‘ta oladi.    
4
Bemorning ish faoliyati izdan chiqqan, ammo u mustaqil ravishda 200 m masofani bosib o‘ta oladi.
5
Bemor faqat birovning yordami bilan 100 m masofani bosib o‘ta oladi.    
6
Bemor aravachaga o‘tirib qolgan, boshqalar yordami bilan ham 5 m masofaga harakatlana olmaydi.
7
Bemor to‘shakka mixlanib qolgan, biroq qo‘llari bilan turli harakatlarni bajara oladi.
8
To‘la nogiron
9
O‘lim
10


Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив