Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi XAVOTIR VA DEPRESSIYaNING GOSPITAL ShKALASI

XAVOTIR VA DEPRESSIYaNING GOSPITAL ShKALASI


(The hospital Anxiety and Depression Scale, HADS)

       Ushbu shkala 1983 yili A.S. Zigmond  va R.P.Snait tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, somatik klinikalarda depressiya va xavotirni aniqlash uchun taklif qilingan. Shu bois ham bu shkala vrachlar tomonidan keng qo‘llaniladi. HADS so‘rovnomasini to‘ldirish va tahlil qilish uchun 10-15 daqiqa etarlidir. So‘rovnomani bemorning o‘zi to‘ldiradi.

HADS so‘rovnomasi blanki

       Ko‘rsatma: Har bir savolni diqqat bilan o‘qib chiqing va xayolingizga kelgan javobning ro‘parasiga belgi qo‘ying. Savollar ustida uzoq o‘ylanmang, vaholanki, xayolga kelgan birinchi fikr to‘g‘ri bo‘ladi.

1 .Xavotir
Mening asablarim taranglashgan. O‘zimni qo‘yishga joy topa olmayapman

3
Har doim

2
Tez-tez


1
Bazida

0
Aslo unday emas

2. Depressiya
Menda katta qoniqish hissini uyg‘otgan holatlar, hozir ham shunday his-tuyg‘ularni uyg‘otadi

0
Xuddi shunday


1
Shunday bo‘lsa kerak

2
Juda kam holatlarda

3
Aslo bunday emas

3. Xavotir
Meni qo‘rquv va xavotir bosyapti. Hozir men bilan dahshatli voqea sodir bo‘ladigandek tuyulyapti.

3
Xuddi shunday va qo‘rquv o‘ta kuchli 

2
Ha, shunday, biroq qo‘rquv uncha kuchli emas


1
Ba’zan, biroq bundan men bezovta emasman

0
Aslo bunday emas

4 Depressiya
Men u yoki bu voqealarda kulgili vaziyatlarni topa olish va xoxolab kulish qobiliyatiga egaman. 

0
Xuddi shunday



1
Shunday bo‘lsa kerak

2
Juda kam holatlarda 

3
Aslo unday emas

5. Xavotir
Menga tinchlik bermaydigan fikrlar miyamni chulg‘ab olgan

3
Deyarli har doim

2
Ba’zi-ba’zida


1
Kam holatlarda 

0
Deyarli kuzatilmaydi

6 Depressiya
Men o‘zimni tetik his qilaman

3
Aslo bunday emas


2
Juda kam holatlarda


1
Ko‘p holatlarda 

0
Deyarli har doim 

7. Xavotir
Men bemalol o‘tirib tinchlana olaman

0
Xuddi shunday



1
Shunday bo‘lsa kerak

2
Ba’zida

3
Aslo bunday emas

8 Depressiya
Go‘yoki hamma ishlarni sekin qilayotgandekman

3
Deyarli har doim

2
Tez-tez


1
Ba’zan

0
Aslo unday emas

9. Xavotir
Men ichki taranglikni va titroqni his qilaman

0

Aslo his qilmayman

1

Ba’zida
2

Tez-tez
3

Deyarli har doim
10.Depressiya
Men tashqi ko‘rinishimga e’tibor qilmay qo‘ydim

3

Ha, xuddi shunday 
2

Bunga vaqt topa olmayapman

1

Balki bunga kam e’tibor qaratayotgandirman
0

Men o‘zimga alohida e’tibor qilaman
11. Xavotir
Men bir joyda tinch o‘tira olmayman, doim behalovatman

0

Xuddi shunday

1

Shunday bo‘lsa kerak
2

Ba’zida 
3

Unday emas
12.Depressiya
Qilayotgan ishlarim menda qoniqish hissini hosil qiladi

0
Xuddi shunday 


1

Ha, biroq avvalgidek emas
2

Juda kam hollarda
3

Aslo sezmayman
13. Xavotir
Meni birdan vahima bosadi

3
Haqiqatan ham, juda ko‘p 

2
Tez-tez


1
Ba’zida 

0
Aslo unday emas

14.Depressiya
Menda yaxshi kitob, film, radio- va teleko‘rsatuvlar qoniqish hissini uyg‘otadi

0
Tez-tez


1
Ba’zida

2
Kam

3
Juda kam



    Shkala 14 punktdan iborat bo‘lib, uning “xavotir” va “depressiya” uchun belgilangan punktlari mavjud: 
         
           Xavotir punkti (toq raqamlar — 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13)
     Depressiya punkti (juft raqamlar — 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14).

Javoblar varianti: 0 – belgi yo‘q; 1 – engil; 2 – o‘rtacha; 3 – og‘ir; 
4 – o‘ta og‘ir. Demak, ballar darajasining oshib borishi depressiya va xavotir darajasi oshib borayotganini ko‘rsatadi. 
Ballar yig‘indisi:
      0-7 — me’yor (xavotir va depressiya yo‘q);
      8-10 — subklinik xavotir va depressiya;
      11 va undan yuqori – kuchli xavotir va depressiya.



Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив