XAChINSKI ShKALASI, 1974
Xachinski shkalasi tserebral atrofiya (masalan, Alsxaymer kasalligi) sababli rivojlangan dementsiyani vaskulyar etiologiyali dementsiyadan farqlash uchun qo‘llaniladi.
XAChINSKI ShKALASI
| BELGILAR (SIMPTOMLAR) | BALLAR |
| Simptomlarning to‘satdan paydo bo‘lishi | 2 |
| To‘lqinsimon kechishi | 1 |
| *Flyuktuatsiya mavjudligi | 2 |
| Tungi somnolentsiya, karaxtlik | 2 |
| Shaxs xususiyatlari nisbatan saqlanib qolganligi | 1 |
| Depressiya | 1 |
| Somatik shikoyatlar | 1 |
| Emotsional labillik | 1 |
| Arterial gipertenziya (anamnezda yoki hozirda) | 1 |
| Anamnezda insult o‘tkazganligi | 2 |
| Ateroskleroz belgilari va asoratlari (miokard infarkti va h.k.) | 1 |
| Ob’ektiv nevrologik simptomlar (afaziya, gemiparez) | 2 |
| Sub’ektiv nevrologik simptomlar | 2 |
*Lotinchadan fluctuatio - "to‘lqinsimon" degan ma’noni anglatadi.
Ballar gradatsiyasi:
- 4 baldan kam – tserebral atrofiya bo‘lishi mumkin (masalan, Alsxaymer kasalligi).
- 4 – 7 bapl – dementsiya sababi aniq emas
- 7 baldan yuqori – vaskulyar dementsiya.
Izoh: Xachinski shkalasini mukammal deb bo‘lmaydi va qo‘shimcha ravishda boshqa testlardan ham foydalanish talab etiladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Обуна бўлиш
Ва биринчи бўлиб билинг!
Ва биринчи бўлиб билинг!
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha