XEN VA YaR ShKALASI
Parkinson kasalligida simptomlar darajasini baholash uchun Xen-Yar shkalasidan ko‘p foydalaniladi.
Xen va Yar (Hoehn, Yahr, 1967) shkalasi
Og‘irlik darajasi, ball | Belgilar va ularning rivojlanganlik darajasi |
0 | Parkinsonizm belgilari yo‘q. |
1 | Belgilar faqat bir tomonda aniqlanadi. |
1,5 | Bir tomonlama belgilari bor, aksial muskullarga ham tarqalgan.. |
2 | Ikki tomonlama belgilar paydo bo‘lgan, muvozanat buzilmagan. |
2,5 | Ikki tomonlama engil belgilar. Chaqirilgan retropulsiyani enga olish qobiliyati saqlangan |
3 | Ikki tomonlama belgilar o‘rta darajada ifodalangan, engil postural turg‘unsizlik. Biroq o‘zga yordamiga muhtoj emas. |
4 | Harakatlar keskin chegaralangan, shunday bo‘lsa-da mustaqil tik turib yura oladi. |
5 | Bemor to‘shakka “mixlanib” qolgan |
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha