Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi NEVROLOGIK VA PSIXOLOGIK ShKALALAR

NEVROLOGIK VA PSIXOLOGIK ShKALALAR


Nevrologiya amaliyotida keng qo‘llaniladigan shkalalarni keltirib o‘tamiz. Miya insulti bilan bog‘liq prognostik, diagnostik va klinik shkalalar ko‘pdir. Ma’lumki, miya insulti o‘tkir rivojlanadi va bu vaziyat vrachdan zudlik bilan tashxis qo‘yish va davolash muolajalarini boshlashni taqozo etadi. Chunki "terapevtik darcha" davrida ko‘rsatilgan yordam juda katta ahamiyatga ega. Aksariyat shkalalar esa katta hajmli bo‘lib, urgent holatlarda ulardan foydalanib, xulosa chiqarishga ko‘p vaqt ketadi. Bir qancha shkalalar esa nevrologik ilmga ega bo‘lishni taqozo etadi. Shularni e’tiborga olib, biz insult rivojlanish xavfini aniqlashning oddiy shkalasini ishlab chiqdik (Ibodullaev Z.R., 2013). Bu shkaladan turli toifadagi vrachlar har xil vaziyatlarda foydalanishlari mumkin. Dastlab ushbu shkalani keltirib o‘tamiz.

INSULT RIVOJLANISh XAVFINI ANIQLASh ShKALASI
(Ibodullaev shkalasi, 2013)

#
SAVOLLAR
JAVOBLAR Ha – 1 ball, Yo‘q – 0 ball
1.
Arterial qon bosimi oshdimi?

2.
Bosh og‘rig‘i o‘tkir paydo bo‘ldimi?

3.
Bir tomonlama o‘tkir amavroz yoki ambliopiya ro‘y berdimi?

4.
O‘tkir bosh aylanishi kuzatildimi?

5.
Hushini yo‘qotdimi yoki hushn hozirda buzilganmi?

6.
Tananing bir tomonida uvishish yoki holsizlik paydo bo‘ldimi?

7.
Nutq to‘satdan buzildimi?

8.
Meningeal simptomlar bormi?

9.
Yurak-qon tomir kasalliklari bormi?

10.
Uyqu arteriyalari auskultatsiyasida shovqin bormi?

        To‘plangan umumiy ball:


Baholash mezoni
0 – 3 ball – insult rivojlanish xavfi past; 
4 – 6 ball – insult rivojlanish xavfi o‘rtacha;
7 – 10 ball – insult rivojlanish xavfi yuqori yoki insult ro‘y berdi.

Insult rivojlanish xavfini aniqlash shkalasi 10 ta savoldan iborat bo‘lib, ularning qay darajada mavjudligi insult rivojlanish xavfini belgilab beradi. Shkala faqat ikki xil javob varianti, ya’ni "ha" va "yo‘q" javoblaridan iborat. "Ha" javobi 1 ball, "yo‘q" javobi 0 ball bilan belgilangan. "Ha" javoblari soni ko‘paygan sayin, ballar yig‘indisi ham osha boradi. Ballar yig‘indisi 7 balldan oshsa, bemorda insult rivojlanish xavfi juda yuqori hisoblanadi yoki bu kasallik rivojlangan bo‘ladi. Yurakqon tomir kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorda to‘satdan ro‘y berib o‘tib ketgan har bir monosimptom TIA rivojlanganidan dalolat berishi mumkin. Bu shkala yordamida nafaqat insult rivojlanish xavfi, balki ro‘y bergan TIA ham aniqlanadi. Demak, bu shkala ro‘y bergan TIA ni aniqlash va undan statistik maqsadlarda foydalanish imkonini ham beradi.

                                              ORGOGOZO  ShKALASI

BELGILAR
IFODALANISh DARAJASI
BALL
BEMORNINGHUShI



Koma
0
Sopor
5
Uyquchan
10
Buzilmagan
15
SO‘ZLASh QOBILIYaTI


to‘la buzilgan
0
Qiyin
5
Buzilmagan
10
NIGOH FALAJI


To‘la
0
engil yoki o‘rtacha
5
Yo‘q
10
MIMIKA (YuZ HARAKATLARI)
to‘la falajlik
0
engil falajlik
5
QO‘LNI KO‘TARISh (HARAKATGA
KELTIRISh)
mutlaq buzilgan
0
Chegaralangan
5
Bemalol
10
QO‘L PANJASI HARAKATLARI
mutlaq buzilgan
0
keskin chegaralangan
5
engil chegaralangan
10
to‘la saqlangan
15
QO‘LDA MUSKULLAR TONUSI
oshgan yoki yo‘qolgan
0
O‘zgarmagan
5
OEQNI KO‘TARISh (HARAKATGA
KELTIRISh)
mutlaq buzilgan
0
keskin chegaralangan
5
qarshilik bor
10
Bemalol
15
OYoQ PANJASINI TEPAGA
BUKISh

buka olmaydi
0
Chegaralangan
5
qarshilik bor yoki buka oladi
10
OYoQDA MUSKULLAR TONUSI
oshgan yoki yo‘qolgan
0
o‘zgarmagan
5
To‘plangan umumiy ball

Orgogozo shkalasi o‘tkir insultning og‘irlik darajasini baholash uchun qo‘llaniladi. 
Orgogozo shkalasi bo‘yicha baholash mezonlari:
25 balldan past - o‘ta og‘ir insult; 
26–40 ball – og‘ir insult; 
41-64 ball – o‘rta darajadagi insult; 65–80 ball – «engil» insult.






                                     SKANDINAVIYa  ShKALASI

BELGILAR
IFODALANISh DARAJASI
BALL
HUShI




to‘la saqlangan
6
Somnolentsiya
4
Sopor
2
Koma
0
ORIENTATsIYa




o‘zini, vaqtni va joyni anglaydi
6
uchtasidan ikkitasi saqlangan
4
uchtasidan bittasi saqlangan
2
orientatsiya yo‘q
0
NUTQI




Saqlangan
10
so‘zlash yoki tushunish biroz buzilgan
6
so‘zlash yoki tushunish o‘rta darajada buzilgan
3
so‘zlash yoki tushunish keskin buzilgan
0
KO‘Z HARAKATLARI



nigoh falaji yo‘q
4
nigoh falaji bor
2
nigoh to‘la falajlangan
0
YuZ NERVI FALAJI


Yo‘q
2
Bor
0
YuRIShI





yordamsiz 5 metrdan ko‘pga yuradi
12
tayoqcha yordamida harakatlanadi
9
birov yordamida harakatlanadi
6
tayanchsiz o‘tiradi
3
to‘shakka "mixlangan"
0
QO‘L KUChI




Saqlangan
6
Pasaygan
5
qo‘lini tirsakda bukilgan holatda ko‘taradi
4
biror narsaga tayanib ko‘taradi
2
qo‘l to‘la falajlangan
0
QO‘L PANJALARI KUChI




to‘la saqlangan
6
Pasaygan
4
barmoqlarni musht qilib buka olmaydi
2
to‘la falajlangan
0
OYoQ KUChI
to‘la saqlangan
6

tizza bo‘g‘imida bukmasdan ko‘tara oladi
5

tizza bo‘g‘imida bukib ko‘taradi
4

biror narsaga tayanib ko‘taradi
2

oyoq to‘la falajlangan
0
OYoQ PANJALARI KUChI
falajlik yo‘q
2

Falajlangan
0
      To‘plangan umumiy ball


Skandinaviya shkalasi insultning o‘tkir davrida funktsiyalarning tiklanish darajasini baholash uchun qo‘llaniladi.

Skandinaviya shkalasi bo‘yicha baholash mezonlari(ball):
50 dan kam – minimal tiklanish; 
50–75 – qoniqarli tiklanish; 
76–95 – etarli darajada tiklanish;
 95 dan yuqori – to‘la tiklanish.

                                          NIHSS shkalasi

SIMPTOMLAR (BELGILAR)
SIMPTOMLAR (BELGILAR) IFODALANISh DARAJASI
BALLAR
HUShI
Saqlangan
0
Somnolentsiya

1
Sopor
2
Koma
3
SAVOLLARGA JAVOBLAR
chalkashmasdan javob beradi
0
biroz chalkashadi (shu jumladan, afaziya sababli)

1
to‘la chalkashadi (shu jumladan, afaziya sababli)
2
KO‘RSATMALARNI BAJARISh
to‘g‘ri bajaradi
0
adashib bajaradi

1
noto‘g‘ri bajaradi
2
AGNOZIYa
Yo‘q
0
engil ifodalangan

1
kuchli ifodalangan
2
NIGOH FALAJI
Yo‘q
0
engil nigoh falaji

1
to‘la nigoh falaji
2
KO‘RUV MAIDONI
Buzilmagan
0
kvadrant gemianopsiya

1
to‘la gemianopsiya
2
MIMIK
MUSKULLAR
FALAJLIGI
Yo‘q
0
Engil

1
Qisman
2
To‘la
3
QO‘L HARAKATI
falajlik yo‘q
0
engil falajlik

1
o‘rta darajadagi falajlik
2
og‘ir falajlik
3
Plegiya
4
OYoQHARAKATI

falajlik yo‘q
0
engil falajlik

1
o‘rta darajadagi falajlik
2
og‘ir falajlik
3
Plegiya
4
ATAKSIYa

Yo‘q
0
bir tomonda

1
ikkala tomonda
2
SEZGI
Buzilmagan
0
Gipesteziya

1
Anesteziya
2
DIZARTRIYa

Yo‘q
0
Engil

1
Anartriya
2
AFAZIYa
Yo‘q
0
Engil

1
Og‘ir
2
Total
3



NIHSS (National Institute of Health Stroke Scale) shkalasi miya insultida klinik simptomlar darajasini ob’ektiv baholash uchun keng qo‘llaniladi. Bu shkala yordamida insult ro‘y bergan bemorning hushi, ko‘rish, harakat va sezgi sistemasi, koordinator buzilishlar, gnozis va nutq funktsiyalari holati baholanadi. Baholash 0 dan 4 ballgacha bo‘lib, ballar yig‘indisi oshishi klinik simptomlar og‘irligini ko‘rsatadi. Ballar yig‘indisi qancha kam bo‘lsa, bemorning ahvoli shuncha yaxshi, qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha og‘ir hisoblanadi.
Ballar gradatsiyasi:
0 –  qoniqarli holat;
3-8 – engil darajadagi nevrologik buzilishlar;
9-12 – o‘rta darajadagi nevrologik buzilishlar;
13-15 - og‘ir darajadagi nevrologik buzilishlar;
16-34 - o‘ta og‘ir nevrologik buzilish yoki koma.

Ballar yig‘indisiga qarab, kasallik prognozini ham baholash mumkin. Ballar yig‘indisi 10 dan kam bo‘lsa - prognoz yaxshi, 20 dan oshiq bo‘lsa -prognoz yomon.

RENKIN ShKALASI

Renkin shkalasi ham xuddi Bartel shkalasi kabi insult o‘tkazgan bemorlarda funktsional tiklanish holatini baholash uchun qo‘llaniladi. Ballar gradatsiyasi 0 dan 6 ballgacha belgilangan. Bemorning ahvoli yomonlasha borsa, ballar yig‘indisi ham osha boradi. Bu shkalani kasallikning o‘tkir davrida ham, tiklanish davrida ham qo‘llash mumkin. Uni bir necha bor o‘tkazish insult dinamikasini to‘g‘ri baholashga yordam beradi.

RENKIN ShKALASI

#
FAOLIYaT
FAOLIYaT TAVSIFI
BALL

1
Simptomlar yo‘q

0
2
Simptomlar mavjud bo‘lsa-da, kundalik faoliyati buzilmagan
Kundalik yumushlarni bemalol bajarishi mumkin.

1
3
Kundalik faoliyati engil darajada buzilgan
Kundalik yumushlarni bajarishda birmuncha qiynaladi, biroq o‘zga yordamga muhtoj emas
2
4
Kundalik faoliyati sezilarli darajada buzilgan
Kundalik yumushlarni bajarishda o‘zga yordamga muhtoj, biroq o‘zi yura oladi.
3
5
Kundalik faoliyati og‘ir darajada buzilgan
Kundalik yumushlarni bajara olmaydi, yura olmaydi.
4
6
Kundalikfaoliyati kuchli darajada buzilgan
Bemor "to‘shakka mixlanib" qolgan. Siydik va najas tuta olmaydi, doimiy parvarishga muhtoj.
5
7
O‘lim

6

BARTEL ShKALASI

FAOLIYaT TURI
ShARTLAR
BALLAR
OVQATLANIShI


Mustaqil
10
birovning yordami bilan
5
yordamga butunlay muhtoj
0
VANNADA ChO‘MILIShI

Mustaqil
5
yordamga butunlay muhtoj
0
YuZINI YuVISh, SOQOL OLISh, TISh YuVISh, SOCh TARASh
Mustaqil
5
yordamga butunlay muhtoj
0
KIYINISh


Mustaqil
10
yordam bilan
5
yordamga butunlay muhtoj
0
DEFEKATsIYa NAZORATI


to‘la nazorat qiladi
10
ba’zan nazorat qila olmaydi
5
umuman nazorat qila olmaydi
0
SIYIShNI NAZORAT
QILISh
to‘la nazorat qiladi
10
ba’zan nazorat qila olmaydi
5
umuman nazorat qila olmaydi
0
TUALETDAN
FOYDALANISh
Mustaqil
10
yordam bilan
5
yordamga butunlay muhtoj
0
KURSIDAN KAROVATGA O‘TISh YoKI KAROVATDAN TURIB KURSIGA O‘TISh

Mustaqil
15
biroz yordam bilan
10
o‘tirishi mumkin, biroq o‘tishi uchun yordam kerak
5
umuman iloji yo‘q
0
YuRISh


50 metrga mustaqil
15
50 metrga yordam bilan
10
50 metrga nogironlik aravasida
5
umuman yura olmaydi
0
ZINADAN KO‘TARILISh


Mustaqil
10
yordam bilan
5
umuman iloji yo‘q
0
          To‘plangan umumiy ball





    Baholash mezoni

0-45 ball – og‘ir nogironlik (faoliyatning keskin chegaralanganligi yoki to‘la buzilishi);
50-70 ball – o‘rta darajali nogironlik (faoliyatning o‘rta darajada chegaralanganligi);
75-100 ball – faoliyatning engil darajada chegaralanganligi yoki saqlanganligi.

XAChINSKI  ShKALASI, 1974

Xachinski shkalasi tserebral atrofiya (masalan, Alsxaymer kasalligi) sababli rivojlangan dementsiyani vaskulyar etiologiyali dementsiyadan farqlash uchun qo‘llaniladi.

XAChINSKI ShKALASI

BELGILAR (SIMPTOMLAR)
BALLAR
Simptomlarning to‘satdan paydo bo‘lishi
2
To‘lqinsimon kechishi 

1
*Flyuktuatsiya mavjudligi
2
Tungi somnolentsiya, karaxtlik
2
Shaxs xususiyatlari nisbatan saqlanib qolganligi

1
Depressiya

1
Somatik shikoyatlar

1
Emotsional labillik

1
Arterial gipertenziya (anamnezda yoki hozirda) 

1
Anamnezda insult o‘tkazganligi
2
Ateroskleroz belgilari va asoratlari (miokard infarkti va h.k.)

1
Ob’ektiv nevrologik simptomlar (afaziya, gemiparez)
2
Sub’ektiv nevrologik simptomlar
2

*Lotinchadan fluctuatio - "to‘lqinsimon" degan ma’noni anglatadi.


Xachinski shkalasi bo‘yicha baholash qoidasi


4 baldan kam – tserebral atrofiya bo‘lishi mumkin (masalan, Alsxaymer kasalligi).
4 – 7 bapl – dementsiya sababi aniq emas
7 baldan yuqori – vaskulyar dementsiya.
Xachinski shkalasini mukammal deb bo‘lmaydi va qo‘shimcha ravishda boshqa testlardan ham foydalanish talab etiladi.

PSIXIK STATUSNI BAHOLAShNING QISQA ShKALASI 
(Mini-Mental State Examination)
MMSE shkalasi turli kasalliklarda neyropsixologik buzilishlarni aniqlash va baholash uchun ko‘p qo‘llaniladi. Uni dementsiyaga gumon qilingan bemorni ko‘rikdan o‘tkazayotgan har bir nevropatolog, psixolog va psixiatr qo‘llashi mumkin. Bu shkalani qisqa vaqtda to‘ldirish imkoni bor.
 MMSE  ShKALASI, 1975
Tekshiriluvchi
Funktsiya
Topshiriq
Ballar
yig‘indisi
Vaqtni anglash
Vaqtni ayting (chislo, oy, hafta kuni, yil, fasl)
     0–5
Makonni anglash
Hozir biz qaerdamiz (xona, shifoxona, uy, shahar, davlat)?

     0–5
Idrok 
Quyidagi 3 ta so‘zni takrorlang: suv, nina, qalam   

     0–3
Diqqat 
100 dan 7 ni ayirib boring 

     0–5
Xotira 
Haligi 3 ta so‘zni qayta esga tushiring

     0–3
Gnozis 
Bu nima? (bemor unga ko‘rsatilgan narsalarning masalan, qalam, soat nomlarini aytishi kerak)
     
     0–2
Jumlani
takrorlash 
Jumlani takrorlang: “Hech bo‘lmaganda, hech qachon” 

      0–
1
Topshiriqni
Tushunish
Qog‘ozni o‘ng qo‘lingiz bilan olingda, uni ikki buklab stol ustiga qo‘ying.

      0–3
O‘qish 
Ushbu yozuvni (“Ko‘zingizni yuming”) ovoz chiqarib o‘qing va uni bajaring

      0–
1
Yozish 
Biror-bir jumlani o‘ylab uni qog‘ozga yozing 
      0–
1
Chizish 
Ushbu rasmni chizing
      0–
1
Ballar yig‘indisi 
      0–30

MMSE shkalasini to‘ldirish qonun-qoidalari
Vaqtni anglash. Bemordan bugungi sana, hafta kuni, oy, fasl va yilni to‘la aytib berish so‘raladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball qo‘yiladi. Shunday qilib, bemor 0 dan 5 ballgacha to‘plashi mumkin. Demak, umumiy ballar yig‘indisi 0–5.
Makonni anglash. Bemorga quyidagi savol bilan murojaat qilinadi: “Hozir biz qaerdamiz?” Bemor davlat, shahar yoki viloyat, qaerda tekshiruv o‘tkazilayotgani (uy yoki shifoxona), hudud yoki bino, qavat yoki xona raqamini to‘g‘ri aytib berishi kerak. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball qo‘yiladi. Bu vazifa uchun ham bemor 0 balldan 5 ballgacha to‘plashi mumkin. Demak, umumiy ballar yig‘indisi 0–5.
Idrok. “Quyidagi 3 ta so‘zni takrorlang va eslab qoling ”suv, nina, qalam” deb bemorga topshiriq beriladi. Doktor ushbu so‘zlarni shoshmasdan lo‘nda qilib talaffuz qilishi kerak (bir soniyada bir so‘z). Har bir to‘g‘ri takrorlangan so‘zga 1 ball qo‘yiladi. Shundan so‘ng bemordan “So‘zlarni yodlab qoldingizmi, qani yana bir bor qaytaring-chi”, deb so‘raladi. Agar bemor so‘zlarni shu ketma-ketlikda qayta aytib berishga qiynalsa, vrach tomonidan ushbu so‘zlar yana takrorlanadi va ularni qayta takrorlash so‘raladi. Shu tartibda so‘zlarni bir necha bor (biroq 5 ta urinishdan ortiq emas) takroran aytib berish so‘raladi. Agar birinchi takrorlashda bemor 3 ta so‘zni ketma-ket to‘g‘ri aytsa – 3, ikkinchi urinishda to‘g‘ri aytsa – 2, uchinchi urinishda to‘g‘ri aytsa – l ball qo‘yiladi. Agar bemor keyingi urinishlarda ham topshiriqni bajara olmasa, 0 ball qo‘yiladi. Umumiy ballar yig‘indisi 0–3.
Diqqat. Bemordan “100 dan 7 ni ketma-ket ayirib keling” deb so‘raladi. Bemor quyidagi tartibda 100 dan 7 ni ayirib borishi kerak: 100–7=93; 93–7=86; 86–7=79; 79–7=72; 72–7=65. Har bir to‘g‘ri ayirilgan son uchun 1 ball qo‘yiladi. Bemor 5 ta ayirishni ham to‘g‘ri bajarsa, unga 5 ball qo‘yiladi. Vazifani bajarayotganda bemorni shoshirmang. Umumiy ballar yig‘indisi 0–5.
Xotira. Bemordan idrokni tekshirayotganda qo‘llanilgan so‘zlarni yodga tushirib aytib berish so‘raladi. Har bir to‘g‘ri eslangan so‘z uchun 1 ball qo‘yiladi. Umumiy ballar yig‘indisi 0–3.
Gnozis (ko‘ruv gnozisi). Bemorga qalam ko‘rsatib, undan “Bu nima? deb so‘raladi. Xuddi shu tartibda boshqa narsa (masalan, soat) ko‘rsatib, u nimaligi so‘raladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball qo‘yiladi. Umumiy ballar yig‘indisi 0–2.
Jumlani takrorlash. Bemordan quyidagi jumlani takrorlash so‘raladi: “Hech bo‘lmaganda, hech qachon”. Bu jumla faqat bir marta aytiladi. Bemor uni xuddi shunday takrorlashi kerak. To‘g‘ri takrorlasa – 1 ball, takrorlay olmasa – 0 ball qo‘yiladi.
Topshiriqni tushunish. Bemorga bajarilishi 3 bosqichdan iborat topshiriq og‘zaki tarzda beriladi. “Qog‘ozni o‘ng qo‘lingiz bilan oling-da, uni ikki buklab stol ustiga qo‘ying». Har bir to‘g‘ri bajarilgan bosqichga 1 ball qo‘yiladi. Bu topshiriq bir marta beriladi. Umumiy ballar yig‘indisi 0–3.
O‘qish. Bemorga katta harflar bilan “KO‘ZINGIZNI YuMING” degan jumla bitilgan qog‘oz beriladi. Undan: “Ushbu yozuvni ovoz chiqarib o‘qing va uni bajaring”, deb so‘raladi. Bemor ushbu so‘zlarni o‘qib, ko‘zlarini yumishi kerak. Agar bemor qog‘ozdagi so‘zlarni o‘qib haqiqatan ham ko‘zlarini yumsa, unga 1 ball qo‘yiladi. Topshiriq bajarilmasa, 0 ball qo‘yiladi.
Yozish. Bemordan biron jumlani o‘ylab, uni qog‘ozga yozish so‘raladi. Qog‘ozga yozilgan jumla grammatik jihatdan to‘g‘ri va ma’noli bo‘lsa, unga 1 ball qo‘yiladi.
Chizish. Bemordan bir-biri bilan kesishgan 2 ta besh burchakli figurani xuddi shunday ko‘rinishda chizib berish so‘raladi. O‘rtada to‘rtburchak hosil bo‘lishi kerak. Agar topshiriq to‘g‘ri bajarilsa – 1 ball, noto‘g‘ri bajarilsa – 0 ball qo‘yiladi.
 

Ballar  gradatsiyasi
Ballar yig‘indisi, ball
Kognitiv buzilishlar darajasi

28–30 
Kognitiv buzilishlar yo‘q
20–27
Engil dementsiya
11–19
O‘rta darajadagi dementsiya
0–10
Og‘ir dementsiya

Sog‘lom odam 28–30 ballgacha to‘plashi mumkin. Kognitiv buzilishlar chuqurlashgan sayin to‘plangan ballar yig‘indisi kamayib boradi. MMSE shkalasi bosh miyaning diffuz zararlanishlarida (tserebrovaskulyar kasalliklar, turli etiologiyali entsefalopatiyalar, diffuz tserebral atrofiyalar) keng qo‘llaniladi. Ammo bosh miyaning lokal zararlanishi sababli rivojlangan dementsiyada bu test qo‘llanilmaydi. 

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., T:, 2019., 494 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив