Nistagm
Miyacha ko‘z olmalari harakatlarini ham koordinatsiya qiladi. Shu bois miyacha zararlanishida nistagm ko‘p kuzatiladi. Ko‘z olmasining ritmik tebranishlariga nistagm deb aytiladi. Nistagmni tekshirish uchun sinaluvchining ko‘zlaridan biroz uzoqlikda nevrologik bolg‘acha ushlab turiladi. Undan ushbu bolg‘acha uchiga qarab turish so‘raladi. So‘ngra bolg‘acha chap va o‘ng tomonga, tepa va pastga yurgiziladi (7.8 (a,b rasm) Sinaluvchi bolg‘achani ko‘zlari bilan kuzatadi. Bu paytda sog‘lom odamda ko‘z olmalari hech qanday tebranishlarsiz harakatlanadi. Ko‘z olmalarini yon tomonlarga harakatlantirganda kuzatiladigan nistagmga gorizontal, tepaga va pastga harakatlantirganda kuzatiladigan nistagmga, vertikal nistagm deb aytiladi. Ko‘z olmalarining aylanasimon harakatlari bilan namoyon bo‘ladigan holatga rotator nistagm deyiladi. Nistagm tug‘ma bo‘lishi mumkinligini ham esda tuting.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi © asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha