NIHSS shkalasi
SIMPTOMLAR (BELGILAR) | SIMPTOMLAR (BELGILAR) IFODALANISh DARAJASI | BALLAR |
HUShI | Saqlangan | 0 |
Somnolentsiya | 1 | |
Sopor | 2 | |
Koma | 3 | |
SAVOLLARGA JAVOBLAR | chalkashmasdan javob beradi | 0 |
biroz chalkashadi (shu jumladan, afaziya sababli) | 1 | |
to‘la chalkashadi (shu jumladan, afaziya sababli) | 2 | |
KO‘RSATMALARNI BAJARISh | to‘g‘ri bajaradi | 0 |
adashib bajaradi | 1 | |
noto‘g‘ri bajaradi | 2 | |
AGNOZIYa | Yo‘q | 0 |
engil ifodalangan | 1 | |
kuchli ifodalangan | 2 | |
NIGOH FALAJI | Yo‘q | 0 |
engil nigoh falaji | 1 | |
to‘la nigoh falaji | 2 | |
KO‘RUV MAIDONI | Buzilmagan | 0 |
kvadrant gemianopsiya | 1 | |
to‘la gemianopsiya | 2 | |
MIMIK MUSKULLAR FALAJLIGI | Yo‘q | 0 |
Engil | 1 | |
Qisman | 2 | |
To‘la | 3 | |
QO‘L HARAKATI | falajlik yo‘q | 0 |
engil falajlik | 1 | |
o‘rta darajadagi falajlik | 2 | |
og‘ir falajlik | 3 | |
Plegiya | 4 | |
OYoQHARAKATI | falajlik yo‘q | 0 |
engil falajlik | 1 | |
o‘rta darajadagi falajlik | 2 | |
og‘ir falajlik | 3 | |
Plegiya | 4 | |
ATAKSIYa | Yo‘q | 0 |
bir tomonda | 1 | |
ikkala tomonda | 2 | |
SEZGI | Buzilmagan | 0 |
Gipesteziya | 1 | |
Anesteziya | 2 | |
DIZARTRIYa | Yo‘q | 0 |
Engil | 1 | |
Anartriya | 2 | |
AFAZIYa | Yo‘q | 0 |
Engil | 1 | |
Og‘ir | 2 | |
Total | 3 |
NIHSS (National Institute of Health Stroke Scale) shkalasi miya insultida klinik simptomlar darajasini ob’ektiv baholash uchun keng qo‘llaniladi. Bu shkala yordamida insult ro‘y bergan bemorning hushi, ko‘rish, harakat va sezgi sistemasi, koordinator buzilishlar, gnozis va nutq funktsiyalari holati baholanadi. Baholash 0 dan 4 ballgacha bo‘lib, ballar yig‘indisi oshishi klinik simptomlar og‘irligini ko‘rsatadi. Ballar yig‘indisi qancha kam bo‘lsa, bemorning ahvoli shuncha yaxshi, qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha og‘ir hisoblanadi.
Ballar gradatsiyasi:
0 – qoniqarli holat;
3-8 – engil darajadagi nevrologik buzilishlar;
9-12 – o‘rta darajadagi nevrologik buzilishlar;
13-15 – og‘ir darajadagi nevrologik buzilishlar;
16-34 –o‘ta og‘ir nevrologik buzilish yoki koma.
Ballar yig‘indisiga qarab, kasallik prognozini ham baholash mumkin. Ballar yig‘indisi 10 dan kam bo‘lsa – prognoz yaxshi, 20 dan oshiq bo‘lsa – prognoz yomon.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha