Nursimon toj
Ichki kapsuladan o‘tuvchi barcha proektsion tolalar, ya’ni afferent va efferent yo‘llar po‘stloq yaqinida nurga o‘xshab yoyilib ketadi va bu holat tojni eslatadi. Ushbu radial yo‘llarga nursimon toj (corona radiata) deyiladi (10.12-rasm). Radial yo‘llarning optik signallarni o‘tkazuvchi qismi ensa tomonga yo‘nalib ko‘ruv tojini (radiatio optica), eshituv signallarini o‘tkazuvchi qismi chakka pushtalariga yo‘nalib eshituv tojini (radiatio acustica) hosil qiladi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha