Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi REVMATOID ARTRITDA NEVROPATIYaLAR

REVMATOID ARTRITDA NEVROPATIYaLAR


Revmatoid artritda nevropatiyalar, odatda, vaskulitlar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Aynan vaskulitlar kompression-ishemik nevropatiyalar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Nervlar yonidan o‘tadigan qon tomirlar qalinlashuvi, perivaskulyar infiltratsiya periferik nervlarni bosib qo‘yib, kompression-ishemik nevropatiyalarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham bu kasallikda tunnel nevropatiya ko‘p uchraydi. Revmatoid artritda bir necha nervlar zararlanishi ham mumkin. Gistologik va ENMG tekshiruvlari periferik nervlarda aksonopatiya va demielinizatsiya belgilarini ko‘rsatadi.
       Nevrologik buzilishlar, asosan, og‘riqlar, paresteziya va gipesteziyalar bilan namoyon bo‘ladi. Vegetativ-trofik buzilishlar ko‘p uchraydi, keyinchalik muskullar atrofiyasi rivojlanadi. Bemorda deyarli har doim artrit va vaskulitlarning klinik belgilarini kuzatish mumkin.
       Davosi. Davolash muolajalari, asosan, yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalari, kortikosteroidlar, immunosupressorlar (tsiklofosfan) va antixolinesteraz dorilar bilan o‘tkaziladi.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив