Mioklonik absanslar
Mioklonik absanslar – miokloniyalar bilan namoyon bo‘luvchi absanslar. Miokloniyalar, asosan, yuz, bosh, elka va qo‘llarda, kam hollarda oyoq va gavda muskullarida kuzatiladi. Bu titrashlar xuddi mioklonik giperkinezlarni eslatadi, biroq ulardan farqli o‘laroq, hushning yo‘qolishi bilan kechadi. Mioklonik absanslar yuvenil mioklonik epilepsiyada ko‘p uchraydi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Qo`llanma. Toshkent, 2018., 128 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha