Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi PSIXIK STATUSNI BAHOLAShNING QISQA ShKALASI

PSIXIK STATUSNI BAHOLAShNING QISQA ShKALASI


(Mini-Mental State Examination)

MMSE shkalasi turli kasalliklarda neyropsixologik buzilishlarni aniqlash va baholash uchun ko‘p qo‘llaniladi. Uni dementsiyaga gumon qilingan bemorni ko‘rikdan o‘tkazayotgan har bir nevropatolog, psixolog va psixiatr qo‘llashi mumkin. Bu shkalani qisqa vaqtda to‘ldirish imkoni bor.

                                    MMSE  ShKALASI, 1975

Tekshiriluvchi
Funktsiya
Topshiriq
Ballar
yig‘indisi
Vaqtni anglash
Vaqtni ayting (chislo, oy, hafta kuni, yil, fasl)
     0–5
Makonni anglash
Hozir biz qaerdamiz (xona, shifoxona, uy, shahar, davlat)?

     0–5
Idrok 
Quyidagi 3 ta so‘zni takrorlang: suv, nina, qalam   

     0–3
Diqqat 
100 dan 7 ni ayirib boring 

     0–5
Xotira 
Haligi 3 ta so‘zni qayta esga tushiring

     0–3
Gnozis 
Bu nima? (bemor unga ko‘rsatilgan narsalarning masalan, qalam, soat nomlarini aytishi kerak)
     
     0–2
Jumlani
takrorlash 
Jumlani takrorlang: “Hech bo‘lmaganda, hech qachon” 

      0–
1
Topshiriqni
Tushunish
Qog‘ozni o‘ng qo‘lingiz bilan olingda, uni ikki buklab stol ustiga qo‘ying.

      0–3
O‘qish 
Ushbu yozuvni (“Ko‘zingizni yuming”) ovoz chiqarib o‘qing va uni bajaring

      0–
1
Yozish 
Biror-bir jumlani o‘ylab uni qog‘ozga yozing 
      0–
1
Chizish 
Ushbu rasmni chizing
      0–
1
Ballar yig‘indisi 
      0–30

MMSE shkalasini to‘ldirish qonun-qoidalari
Vaqtni anglash. Bemordan bugungi sana, hafta kuni, oy, fasl va yilni to‘la aytib berish so‘raladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball qo‘yiladi. Shunday qilib, bemor 0 dan 5 ballgacha to‘plashi mumkin. Demak, umumiy ballar yig‘indisi 0–5.
Makonni anglash. Bemorga quyidagi savol bilan murojaat qilinadi: “Hozir biz qaerdamiz?” Bemor davlat, shahar yoki viloyat, qaerda tekshiruv o‘tkazilayotgani (uy yoki shifoxona), hudud yoki bino, qavat yoki xona raqamini to‘g‘ri aytib berishi kerak. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball qo‘yiladi. Bu vazifa uchun ham bemor 0 balldan 5 ballgacha to‘plashi mumkin. Demak, umumiy ballar yig‘indisi 0–5.
Idrok. “Quyidagi 3 ta so‘zni takrorlang va eslab qoling ”suv, nina, qalam” deb bemorga topshiriq beriladi. Doktor ushbu so‘zlarni shoshmasdan lo‘nda qilib talaffuz qilishi kerak (bir soniyada bir so‘z). Har bir to‘g‘ri takrorlangan so‘zga 1 ball qo‘yiladi. Shundan so‘ng bemordan “So‘zlarni yodlab qoldingizmi, qani yana bir bor qaytaring-chi”, deb so‘raladi. Agar bemor so‘zlarni shu ketma-ketlikda qayta aytib berishga qiynalsa, vrach tomonidan ushbu so‘zlar yana takrorlanadi va ularni qayta takrorlash so‘raladi. Shu tartibda so‘zlarni bir necha bor (biroq 5 ta urinishdan ortiq emas) takroran aytib berish so‘raladi. Agar birinchi takrorlashda bemor 3 ta so‘zni ketma-ket to‘g‘ri aytsa – 3, ikkinchi urinishda to‘g‘ri aytsa – 2, uchinchi urinishda to‘g‘ri aytsa – l ball qo‘yiladi. Agar bemor keyingi urinishlarda ham topshiriqni bajara olmasa, 0 ball qo‘yiladi. Umumiy ballar yig‘indisi 0–3.
Diqqat. Bemordan “100 dan 7 ni ketma-ket ayirib keling” deb so‘raladi. Bemor quyidagi tartibda 100 dan 7 ni ayirib borishi kerak: 100–7=93; 93–7=86; 86–7=79; 79–7=72; 72–7=65. Har bir to‘g‘ri ayirilgan son uchun 1 ball qo‘yiladi. Bemor 5 ta ayirishni ham to‘g‘ri bajarsa, unga 5 ball qo‘yiladi. Vazifani bajarayotganda bemorni shoshirmang. Umumiy ballar yig‘indisi 0–5.
Xotira. Bemordan idrokni tekshirayotganda qo‘llanilgan so‘zlarni yodga tushirib aytib berish so‘raladi. Har bir to‘g‘ri eslangan so‘z uchun 1 ball qo‘yiladi. Umumiy ballar yig‘indisi 0–3.
Gnozis (ko‘ruv gnozisi). Bemorga qalam ko‘rsatib, undan “Bu nima? deb so‘raladi. Xuddi shu tartibda boshqa narsa (masalan, soat) ko‘rsatib, u nimaligi so‘raladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball qo‘yiladi. Umumiy ballar yig‘indisi 0–2.
Jumlani takrorlash. Bemordan quyidagi jumlani takrorlash so‘raladi: “Hech bo‘lmaganda, hech qachon”. Bu jumla faqat bir marta aytiladi. Bemor uni xuddi shunday takrorlashi kerak. To‘g‘ri takrorlasa – 1 ball, takrorlay olmasa – 0 ball qo‘yiladi.
Topshiriqni tushunish. Bemorga bajarilishi 3 bosqichdan iborat topshiriq og‘zaki tarzda beriladi. “Qog‘ozni o‘ng qo‘lingiz bilan oling-da, uni ikki buklab stol ustiga qo‘ying». Har bir to‘g‘ri bajarilgan bosqichga 1 ball qo‘yiladi. Bu topshiriq bir marta beriladi. Umumiy ballar yig‘indisi 0–3.
O‘qish. Bemorga katta harflar bilan “KO‘ZINGIZNI YuMING” degan jumla bitilgan qog‘oz beriladi. Undan: “Ushbu yozuvni ovoz chiqarib o‘qing va uni bajaring”, deb so‘raladi. Bemor ushbu so‘zlarni o‘qib, ko‘zlarini yumishi kerak. Agar bemor qog‘ozdagi so‘zlarni o‘qib haqiqatan ham ko‘zlarini yumsa, unga 1 ball qo‘yiladi. Topshiriq bajarilmasa, 0 ball qo‘yiladi.
Yozish. Bemordan biron jumlani o‘ylab, uni qog‘ozga yozish so‘raladi. Qog‘ozga yozilgan jumla grammatik jihatdan to‘g‘ri va ma’noli bo‘lsa, unga 1 ball qo‘yiladi.
Chizish. Bemordan bir-biri bilan kesishgan 2 ta besh burchakli figurani xuddi shunday ko‘rinishda chizib berish so‘raladi. O‘rtada to‘rtburchak hosil bo‘lishi kerak. Agar topshiriq to‘g‘ri bajarilsa – 1 ball, noto‘g‘ri bajarilsa – 0 ball qo‘yiladi.


 



Ballar  gradatsiyasi
Ballar yig‘indisi, ball
Kognitiv buzilishlar darajasi

28–30 
Kognitiv buzilishlar yo‘q
20–27
Engil dementsiya
11–19
O‘rta darajadagi dementsiya
0–10
Og‘ir dementsiya

Sog‘lom odam 28–30 ballgacha to‘plashi mumkin. Kognitiv buzilishlar chuqurlashgan sayin to‘plangan ballar yig‘indisi kamayib boradi. MMSE shkalasi bosh miyaning diffuz zararlanishlarida (tserebrovaskulyar kasalliklar, turli etiologiyali entsefalopatiyalar, diffuz tserebral atrofiyalar) keng qo‘llaniladi. Ammo bosh miyaning lokal zararlanishi sababli rivojlangan dementsiyada bu test qo‘llanilmaydi. 

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., T:, 2019., 494 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив