Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi PSIXOANALITIK BEMORNI NEVROZ VA DEPRESSIYaDAN QANDAY ChIQARADI?

PSIXOANALITIK BEMORNI NEVROZ VA DEPRESSIYaDAN QANDAY ChIQARADI?


Psixoanaliz nazariyasiga muvofiq nevroz va depressiya negizida bolalik davrida olingan kuchli psixologik zarbalar mavjud bo‘lib, ular ong ostida yillab “yashirinib” yotadi va ulg‘ayganda kuchli ziddiyatlar o‘chog‘ini yaratadi. Buning oqibatida bemorda nevrotik shaxs shakllanadi va u isteriya, depressiya va psixosomatik buzilishlarga moyil bo‘ladi. Shaxs bir tomondan birovlarga qaram bo‘lishni xohlamaydi, ikkinchi tomondan boshqalar uni e’tirof etishi va qo‘llab-quvvatlashini istaydi. Albatta, buning har doim ham iloji bo‘lavermaydi. Natijada bir-biriga zid bo‘lgan ushbu holatlar doimiy qoniqmaslik hissini yuzaga keltiradi, ya’ni boshqalarga nisbatan qahr-g‘azab va xafagarchilik shaxsning ichki dunyosini qamrab oladi. Shu asnoda shaxsning o‘zi boshqalar nazdida mehribon, odamovi va ajoyib inson sifatida tan olinishni xohlaydi. 
Psixoanalitiklar fikricha, mana shu istaklarning ro‘yobga chiqmasligi nevrotik shaxs va keyinchalik depressiya shakllanishiga turtki bo‘ladi. Yillar mobaynida ong ostida qo‘nim topib, e’tirof etilmagan har bir xohish va istak bora-bora ichki ziddiyatlarni kuchaytirib, odamlarni yomon ko‘rishga olib keladi. Shu sababli ular o‘zini ham kechirmaydi va suisidga qo‘l uradi. Bunday shaxslarda depressiya rivojlanishi uchun kuchli stress yoki yoqimsiz atrof-muhitning o‘zi kifoya. Albatta, bu erda doimiy ruhiy-hissiy zo‘riqishlarning ahamiyati ham katta.
Psixodinamik terapiyaning asosiy maqsadi bemorda katarsis, ya’ni ruhiy poklanishni yuzaga keltirishdir. Buning uchun bolalik davrida boshidan kechirgan ruhiy jarohatlar va kechinmalar mukammal o‘rganiladi, ularning hozirgi davrda ro‘y berayotgan nevrotik buzilishlar, shu jumladan, depressiya bilan bog‘liqlik tomonlari yoritiladi. Psixoanalitik oldida bemor, albatta, barcha sir-asror va azobli kechinmalarni yashirmasdan ochib tashlashi kerak. Bu uslub to‘la katarsis ro‘y berguncha olib boriladi. Ijobiy natijaga bir necha seans ichida erishiladi.


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
                 © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив