Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Pay refleksi pasayishi

Pay refleksi pasayishi


Reflektor yoyni tashkil qiluvchi afferent yoki efferent yo‘llarning qaysi qismi zararlanishidan qat’iy nazar, refleks pasayadi yoki so‘nadi. Bunda chuqur reflekslar ham, yuzaki reflekslar ham pasayib so‘nadi.
Spinal tugun va orqa ildizcha zararlansa, pay refleksi pasayishi bilan birgalikda segmentar tipda sezgi buzilishi ham kuzatiladi. Oldingi shox va oldingi ildizcha zararlansa, pay refleksi pasayishi bilan birgalikda muskul atrofiyasi va atoniyasi ham kuzatiladi. Uchta "A" fenomeni, ya’ni arefleksiya, atoniya, atrofiya – bular periferik motoneyron zararlanganini ko‘rsatuvchi patognomonik simptomlar. Pay refleksi so‘nishi reflektor yoyning afferent yoki efferent yo‘llarida uzilish paydo bo‘lishi bilan bog‘liq dedik. Biroq ba’zi sog‘lom odamlarda tizza refleksi umuman chaqirilmaydi. Odatda, bu tug‘ma bo‘ladi.


Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi   
               © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив