PARANEOPLASTIK POLINEVROPATIYa
Xavfli o‘smalarda periferik nervlar zararlanishi ko‘p uchraydi. O‘pka, sut bezi va oshqozon-ichak sistemasining xavfli o‘smalari periferik motoneyronlarda ikkilamchi degenerativ o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Buning oqibatida periferik nervlarda aksonopatiya va demielinizatsiya rivojlanadi. Xavfli o‘smalar boshqa a’zolarga metastaz bera boshlasa, paraneoplastik polinevropatiyalar bir necha oy ichida shakllanadi.
Klinikasi. Oyoq-qo‘llarning distal qismida polinevritik tipda sezgi buzilishlari, muskullar atrofiyasi va pay reflekslari arefleksiyasi rivojlanadi. Proprioretseptiv sezgi buzilishi sensitiv ataksiyani yuzaga keltiradi. Bu o‘zgarishlar umumiy kaxeksiya fonida rivojlanadi, distal muskullarda boshlangan atrofiyalar proksimal muskullarga ham tarqaladi. Aksariyat hollarda atrofik jarayon barcha skelet muskullarida parallel tarzda rivojlanadi va periferik (atrofik) tetraparez shakllanadi. Barcha pay reflekslari pasayadi. Ba’zida muskullardagi atrofiyalar pay reflekslari pasaymasdan namoyon bo‘ladi. Bunday holatlar paraneoplastik amiotrofiyalar deb yuritiladi. Paraneoplastik polinevropatiyalar sensor, motor va sensomotor polinevropatiyalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha