Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi PRAKSISNI TEKShIRISh PROTOKOLI

PRAKSISNI TEKShIRISh PROTOKOLI



Sinaluvchi_____________________; yoshi____; jinsi____; Sana______


#

Praksis turi 
Bajarish
To‘g‘ri (0 ball )
Noto‘g‘ri
(1 ball)
Bajara olmadi
(2 ball)


1
Oddiy ko‘rsatmalar (o‘ng qo‘l b-n, chap qo‘l b-n). qo‘llarni musht qilish, barmoqlarni bir-biriga kiydirish, chap qo‘l holatini o‘ng qo‘lda ko‘rsating



2
Holat praksisi (o‘ng qo‘l b-n, chap qo‘l b-n).
-    gorizontal tekislikda
-    vertikal tekislikda



3
Dinamik (kinetik) praksis
-    musht-qirra-kaft; qirra-kaft-musht.
-    “1-2-5” va “2-4-3” sinamasi    



4
Fazoviy praksis
-    bir qo‘lli sinama (qo‘l – iyak)
-    ikki qo‘lli sinama (qo‘l – qo‘l)
-    Xed sinamasi: o‘ng qo‘l bilan chap ko‘zni, chap qo‘l bilan o‘ng quloqni ko‘rsating    



5
Oral praksis: (buyruq bo‘yicha, taqlid bo‘yicha).
Tishlarni ko‘rsating, lablarni cho‘chchaytiring, tilni yuqori labga tegizing, pastki labga tegizing, lunjni havoga to‘ldiring, tildan nay yasang.    



6
Konstruktiv praksis: 
-    gugurt cho‘plaridan rombik, kvadrat, uchburchak yasang (verbal topshiriq yoki ko‘rsatma orqali);
-    turli geometrik figuralarni chizing (verbal topshiriq yoki ko‘rsatma orqali). Ularni gorizontal va vertikal tekislikda burang.



7
Ideator praksis: gugurt qanday chaqiladi, mix qanday qoqiladi, tugun qanday bog‘lanadi.    



8
Resiprok koordinatsiya: ikkala qo‘lni tizzaga qo‘yib bir xil paytning o‘zida panjalarni galma-gal yumib oching.        




Ballar yig‘indisi

Eslatma: Tekshiruv paytida sinaluvchini shoshirmang va gohida rag‘batlantirib turing.


Tekshiruv xulosasi:



Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha