PNS kasalliklari nomlanishi
PNS zararlanishi bilan namoyon bo‘luvchi patologik holatlar va kasalliklarning qanday nomlanishini keltirib o‘tamiz.
• Mononevropatiya – bitta nerv zararlanishi.
• Polinevropatiya – bir qancha nervlar zararlanishi.
• Radikulopatiya – orqa miya ildizchasi zararlanishi.
• Pleksopatiya – nerv chigallari zararlanishi.
• Poliradikulonevropatiya – orqa miya ildizchalari va bir qancha nervlar zararlanishi.
• Aksonopatiya – nerv tolasi o‘q tsilindri zararlanishi.
• Mielinopatiya – mielin parda zararlanishi (emirilishi).
• Neyronopatiya – neyron tanasi zararlanishi.
• Pleksalgiya – nerv chigallari innervatsiya qiladigan sohadagi og‘riqlar.
• Nevralgiya – nerv tolasi va uning shoxchalari bo‘ylab tarqaluvchi og‘riqlar.
• Mialgiya – muskullarda kuzatiladigan og‘riqlar.
• Tservikalgiya – bo‘yin sohasidagi og‘riqlar.
• Tservikobraxialgiya – elkaga tarqaluvchi bo‘yindagi og‘riqlar.
• Kraniotservikalgiya – boshning ensa qismi va bo‘yin sohasidagi og‘riqlar.
• Torakalgiya – ko‘krak sohasida kuzatiladigan og‘riqlar.
• Radikulalgiya – spinal ildizchalar innervatsiya qiladigan sohadagi og‘riqlar.
• Dorsalgiya (lot. dorsum – orqa) – tananing orqa qismida kuzatiluvchi og‘riqlar.
• Lyumbago yoki lyumbalgiya – bel sohasidagi og‘riqlar.
• Lyumboishialgiya – bel va quymich nervi sohasidagi og‘riqlar.
• Sakralgiya – dumg‘aza sohasidagi og‘riqlar.
• Koksigodiniya – dum sohasidagi og‘riqlar.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha