POZER ShKALASI
Xalqaro ekspertlar tomonidan tarqoq skleroz tashxisini qo‘yish algoritmi ishlab chiqilgan va klinik amalyotda keng qo‘llab kelinadi (jadval).
Jadval
Pozerning diagnostik algoritmi (K.M. Poser et al., 2000)
A) Tarqoq skleroz tashxisini aniq tasdiqlovchi belgilar • Ikkita qo‘zg‘alish+ikkita klinik simptom. • Ikkita qo‘zg‘alish+bitta klinik simptom+bitta MRT o‘choq. • Ikkita qo‘zg‘alish+bitta klinik simptom yoki MRT o‘choq+likvorda Ig G miqdori oshishi va oligoklonal antitanachalar paydo bo‘lishi. • Bitta qo‘zg‘alish+ikkita klinik simptom+likvorda Ig G miqdori oshishi va oligoklonal antitanachalar paydo bo‘lishi. • Bitta qo‘zg‘alish+bitta klinik simptom+bitta MRT o‘choq+likvorda Ig G miqdori oshishi va oligoklonal antitanachalar paydo bo‘lishi. |
B) Tarqoq skleroz tashxisini taxminan tasdiqlovchi belgilar • Ikkita qo‘zg‘alish+bitta klinik simptom. • Bitta qo‘zg‘alish+ikkita klinik simptom. • Bitta qo‘zg‘alish+bitta klinik simptom+bitta MRT o‘choq. |
V) Tarqoq skleroz tashxisi bo‘lishi mumkin • Ikkita qo‘zg‘alish+likvorda Ig G miqdori oshishi va oligoklonal antitanachalar paydo bo‘lishi. • Faqat ikkita qo‘zg‘alish*. |
* TS bitta klinik qo‘zg‘alish (o‘tib ketuvchi amavroz yoki ko‘ndalang mielit) bilan namoyon bo‘lishi ham mumkin. Buni «yakka klinik simptom bilan namoyon bo‘luvchi tarqoq skleroz» deb atashadi.Ushbu bemorda bir necha oydan so‘ng (odatda, 3-6 oy ichida) MRT da sklerotik o‘choq paydo bo‘lsa-yu, biroq qayta qo‘zg‘alishlar kuzatilmasa ham tarqoq skleroz tashxisi qo‘yiladi. Agar vrachda TS tashxisiga gumon paydo bo‘lsa, «Taxminiy tarqoq skleroz» tashxisini qo‘yishi mumkin. Bunday bemor 3 oydan keyin MRT tekshiruvidan qayta o‘tkazilishi kerak. Faqat bosh miya emas, balki orqa miya ham MRT qilinadi. Chunki o‘choq MNS ning turli joyida paydo bo‘lib qolishi mumkin. |
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha