Tonik absanslar
Tonik absanslar – muskullarning tonik qisqarishi bilan namoyon bo‘luvchi absanslar. Tonik absanslarda ko‘z olmasi yuqori yoki yon tomonga ketib qoladi, bosh orqa yoki yon tomonga qayrilib ketadi, qo‘l-oyoq muskullarida tonik qisqarishlar kuzatiladi. Muskullarning tonik qisqarishi engil tarzda ham, og‘ir ko‘rinishda ham ro‘y beradi. Ba’zida tonik absanslar paytida gavda birdan bukiladi va bemor oldinga qarab yiqiladi. Tonik absanslar Lennoks-Gasto sindromi va bolalar absans epilepsiyasida ko‘p uchraydi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha