Talamus


Talamus ellips shaklidagi kulrang tusga ega yirik yadro. Talamus ikkita bo‘lib, III qorinchaning yon tomonlari bo‘ylab joylashgan. Po‘stloqqa kelayotgan barcha sezgi yo‘llari aynan talamusga kirib o‘tadi. Bular – yuzaki va chuqur sezgi, eshituv va ko‘ruv yo‘llari hamda boshqa tuzilmalardan keluvchi afferent yo‘llar. Talamusda qayta ishlangan sensor signallar quyidagi tartibda po‘stloqqa uzatiladi: somatosensor signallar orqa markaziy va yuqori parietal pushtalarga, optik signallar ensa bo‘lagidagi ko‘ruv markaziga, tovush signallari chakka bo‘lagidagi eshituv markaziga va h.k.


Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi 
                © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha