Sensor afaziya


Sensor afaziya (SA). SA da fonematik eshituv buziladi, ya’ni so‘zlarning tovush tarkibini farqlash qobiliyati izdan chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, tovushlarning akustik analizi va sintezi buziladi. SA ning asosiy nuqsoni – bu nutqni tushunmaslik. Bemor birovning nutqiga ham, o‘zining nutqiga ham tushunmaydi. Og‘zaki nutqda literal parafaziyalar ko‘payib ketadi, ya’ni bemor so‘zlayotganda, bitta tovush o‘rniga boshqasini aytib yuboradi. Masalan, «salom» o‘rniga «salon» yoki «dori» o‘rniga «tori» va hokazo. SA da bemor o‘z fikrini turli mimik harakatlar bilan ifodalashga intiladi.
       SA da grammatik jihatidan buzilgan nutq bir-biriga bog‘lanmagan literal va verbal parafaziyalarga to‘la bo‘ladi. Takroriy nutq ham keskin buziladi.  Kuchli rivojlangan SA da bemor hatto bitta harfni ham, so‘zni ham takror ayta olmaydi. Fonematik tahlil buzilganligi bois, so‘zlarning sifati ham buziladi, muxolif tovushlar o‘rni almashib ketadi. Buning oqibatida narsalar nomi va ism-shariflar buzib aytiladi. Bemor narsalarning nomini bilsa-da, so‘zning kerakli fonetik tuzilishini topa olmaydi, ya’ni so‘zning tovush tarkibi parchalanadi.     Bunday bemorlar so‘zlarni takrorlash uchun, narsalarning nomini aytish uchun ko‘p urinishadi. Bemor «gapdonligi» (logorreya) bilan ajralib turadi, uning gapiga tushunib bo‘lmasa-da, ko‘p gapiraveradi. Ularning nutqi hissiy tusga, intonatsiyaga boy bo‘ladi. SA da o‘qish va yozish ham buziladi, lekin praksis va optik gnozis saqlanib qoladi.


Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b. 
              ©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. T.; 2021., 312b. 
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
   ©asab.cc




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив