Spinal yadrolar


Bir xil struktur tuzilish va funktsional ahamiyatga ega bo‘lgan hujayralar to‘plami yadro deb ataladi. Kulrang moddada quyidagi yadrolar farqlanadi:
  • Sezgi yadrolari – orqa shoxda joylashgan bo‘lib, yuzaki sezgi, Govers va Fleksig yo‘llarining 2 neyronlari to‘plamidan iborat;
  • Harakat yadrolari – oldingi shoxda joylashgan bo‘lib, piramidal yo‘lning 2 neyronlari to‘plamidan iborat.
  • Assotsiativ (oraliq) yadrolar – spinal segmentlarda joylashgan hujayralarni bir-biri bilan bog‘lovchi neyronlar guruhi.
  • Vegetativ yadrolar – yon shoxlarda joylashgan hujayralar to‘plami.
Oldingi shox yadrolari:
  1. α-katta motoneyronlar – muskullar harakati uchun javobgar;
  2. α-kichik motoneyronlar – muskullar tonusi uchun javobgar;
  3. y-motoneyronlar – intrafuzal muskul tolalarini innervatsiya qilib, proprioretseptiv signallarni α-kichik motoneyronlarga o‘tkazishni ta’minlaydi.

Yon shox yadrolari. Orqa miyaning barcha segmentlarida ham yon shoxlar bo‘lmaydi. Yon shoxlarda vegetativ innervatsiya uchun masul yadrolar joylashgan. C8, Th1-Th12, L1-L2 spinal segmentlarda simpatik yadrolar, S2-S4 spinal segmentlarda parasimpatik yadrolar joylashgan.


Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi
               © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha