Sezgi turlari
Yuzaki, chuqur va murakkab sezgi turlari farqlanadi. Yuzaki sezgiga kiruvchi og‘riq, harorat va taktil sezgilar eksteroretseptorlar orqali qabul qilinadi. Chuqur sezgiga kiruvchi mushak-bo‘g‘im, vibratsiya, kinestetik, tana qismlarining fazodagi holati, bosim va og‘irlik sezgilari proprioretseptorlar orqali qabul qilinadi.
Murakkab sezgi, ya’ni stereognoz, lokalizatsiya, diskriminatsiya va teriga chizilgan figuralarni aniqlash sezgilari turli tipdagi retseptorlarning hamkorlikda ta’sirlanishi va po‘stloqdagi gnostik markazlar faoliyati tufayli ta’minlanadi.
Sezgi turlari
Yuzaki sezgi turlari | Chuqur sezgi turlari | Murakkab sezgi turlari |
Og‘riq | Passiv harakatlar (mushak-bo‘g‘im) | Stereognoz |
Harorat | Vibratsiya | Lokalizatsiya |
Taktil | Kinestetik | Diskriminatsiya |
Tana qismlarining fazodagi holatini sezish | Teriga chizilgan figuralarni aniqlash | |
Bosim va og‘irlik sezgisi |
Retseptorlar orqali qabul qilingan yuzaki va chuqur sezgi impulslari analizatorlarning po‘stloqdagi markaziga quyidagi 3 neyronli yo‘l orqali etib boradi:
- Birinchi neyron. Yuzaki va chuqur sezgi yo‘llarining 1-neyroni spinal tugunda yotadi.
- Ikkinchi neyron. Yuzaki sezgining 2-neyroni orqa miyaning orqa shoxida, chuqur sezgining 2-neyroni uzunchoq miyada yotadi.
- Uchinchi neyron. Yuzaki sezgining ham, chuqur sezgining 3-neyroni talamusda yotadi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha