XOTIRA NEGA BUZILADI?


Xotira buzilishi sabablari ko‘p. Ular o‘tkazilgan bosh miya jarohatlari, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, ateroskleroz, tez-tez kuzatiladigan stress holatlari va h.k.

Ko‘p odamlar qisqa muddatli xotira buzilishidan aziyat chekadi. Masalan, kimdir kecha nima ovqat egani, kim bilan uchrashgani yoki ishxonadan qanday topshiriq olganini eslay olmaydi. Ba’zilar kimga necha pul bergani, qaerga borish kerakligi, nima va’da qilganini unutib qo‘yadi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Biroq ushbu odamlar bolalik davrida nima ishlar qilgani, qaysi ustozidan qanday maqtov eshitgani yoki dashnom olgani, opasi yoki akasi bilan qaysi masala ustida tortishganini yaxshi eslashadi. Demak, bir necha yillar oldin bo‘lib o‘tgan voqealar yaxshi eslab qolinsa-da, kechagi kundagi voqealar unutilishi ko‘p odamda uchraydi.

Tushdagi voqealarni eslab qola olmaslik ham xotira buzilishining bir turi bo‘lib, uning insonga ziyoni yo‘q. Yana shuni esda tutish lozimki, inson miyasi aslida zarur bo‘lmagan va ish faoliyatida ishlatilmagan ma’lumotlarni ham “xotira zaxirasi”dan o‘chirib tashlaydi. Miya shu yo‘l bilan go‘yoki yangi ma’lumotlarga yo‘l ochadi.

Xotira buzilishini davolash va oldini olish uchun ko‘p asabiylashmaslik, zarur bo‘lmagan ma’lumotlar bilan miyani charchatmaslik, to‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimliklar ichmaslik, aqliy va jismoniy mehnat mutanosibligini saqlash muhim ahamiyatga ega. Agar xotira buzilishi uzoqroq davom etsa, nevropatolog yoki neyropsixologga murojaat qilib, davolanish tavsiya etiladi.

 Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив