PERIFERIK NERV SISTEMASI KASALLIKLARI TASNIFI
Periferik nerv sistemasi kasalliklari zararlanishini aniqlash, baholash va tashxis qo‘yishda KXT-10 dan foydalanish tavsiya etiladi.
Periferik nerv sistemasi kasalliklari tasnifi (KXT-10 bo‘yicha)
G50-G59. Nervlar, nerv ildizchalari va chigallar zararlanishi
G50. Uch shoxli nerv zararlanishi
G50.0. Uch shoxli nerv nevralgiyasi
G50.1. Yuzning atipik og‘rig‘i
G50.8. Uch shoxli nervning boshqa zararlanishlari
G51. Yuz nervi zararlanishi
G51.0. Bell falaji
G51.1. Tizza tuguni yallig‘lanishi
G51.2. Rossolimo-Melkerson sindromi
G51.3. Gemifastsial klonik spazm
G51.4. Yuz miokimiyasi
G51.8. Yuz nervining boshqa zararlanishlari
G52. Boshqa kranial nervlar zararlanishi
G52.0. Hidlov nervi zararlanishi
G52.1. Til-halqum nervi zararlanishi
G52.2. Sayyor nerv zararlanishi
G52.3. Tilosti nervi zararlanishi
G52.7. Bir qancha kranial nervlar zararlanishi
G52.8. Boshqa kranial nervlar zararlanishi
G54. Nerv ildizchalari va chigallari zararlanishi
G54.0. Elka chigali zararlanishi
G54.1. Bel-dumg‘aza chigali zararlanishi
G54.5. Nevralgik amiotrofiya
G54.6. Oyoq yoki qo‘lda og‘riqli fantom sindrom
G54.7. Oyoq yoki qo‘lda og‘riqsiz fantom sindrom
G54.8. Nerv ildizchalari va chigallarning boshqa zararlanishlari
G56. Qo‘l nervlari mononevropatiyalari
G56.0. Kaft kanali sindromi
G56.1. O‘rta nerv zararlanishi
G56.2. Tirsak nervi zararlanishi
G56.3. Bilak nervi zararlanishi
G56.4. Kauzalgiya
G56.8. Qo‘l nervlarining boshqa mononevropatiyalari
G57. Oyoq nervlari mononevropatiyalari
G57.0. Quymich (o‘tirg‘ich) nervi zararlanishi
G57.1. Parestetik meralgiya
G57.2. Son nervi zararlanishi
G57.8. Boshqa oyoq nervlarining mononevralgiyasi
G58. Boshqa mononevropatiyalar
G58.0. Qovurg‘alararo nevropatiya
G58.7. Bir qancha mononevrit
G58.8. Mononevropatiyalarning aniqlangan boshqa turlari
G58.9. Noaniq mononevropatiyalar
G59. Boshqa ruknlarda tasniflangan kasalliklarda mononevropatiyalar
G59.0. Diabetik mononevropatiya
G59.8. Boshqa ruknlarda tasniflangan kasalliklarda mononevropatiyalar
G60-G64. Polinevropatiyalar va periferik nerv sistemasining boshqa zararlanishlari
G60. Nasliy va idiopatik nevropatiya
G60.0. Nasliy motor va sensor nevropatiya
G60.1. Refsum kasalligi
G60.2. Nasliy ataksiya bilan qo‘shilib kelgan nevropatiya
G60.3. Zo‘rayib boruvchi idiopatik nevropatiya
G60.8. Boshqa nasliy va idiopatik nevropatiyalar
G61. Yallig‘lanish sababli rivojlangan polinevropatiyalar
G61.0. Giyen-Barre sindromi
G61.8. Yallig‘lanish sababli rivojlangan boshqa polinevropatiyalar
G62. Boshqa polinevropatiyalar
G62.0. Dorilar sababli rivojlangan polinevropatiya
G62.1. Spirtli ichimlik sababli rivojlangan polinevropatiya
G62.2. Boshqa toksik moddalar sababli rivojlangan polinevropatiya
G62.8. Aniqlangan boshqa polinevropatiyalar
G63. Boshqa ruknlarda tasniflangan kasalliklarda polinevropatiyalar
G63.0. Infektsion va parazitar kasalliklarda polinevropatiyalar
G63.1. O‘smalarda polinevropatiya
G63.2. Diabetik polinevropatiya
G63.3. Boshqa endokrin kasalliklar va moddalar almashinuvining buzilishlarida polinevropatiyalar
G63.5.Biriktiruvchi to‘qimaning sistem zararlanishlarida polinevropatiyalar
G63.6. Boshqa suyak-muskul zararlanishlarida polinevropatiyalar
G63.8. Boshqa kasalliklarda polinevropatiyalar
G64. Periferik nerv sistemasining boshqa zararlanishlari
Izoh. Tasnif tsistsartirib keltirilgan.
KXT-10 dan foydalangan holda PNS kasalliklarining yangi klinik tasniflari yaratilgan yoki avvalgi tasniflar qayta ko‘rib chiqilgan. Ularga asoslanib PNS kasalliklari nomlanishiga o‘zgartirishlar kiritilgan. Avvallari yallig‘lanish jarayoni ustunlik qilgan PNS kasalliklari atamasi "-it" bilan tugallangan, masalan nevrit, radikulit, pleksit yoki polinevrit. Periferik nervlar biror-bir kasalliklar (diabet, uremiya, intoksikatsiya) sababli zararlansa, ularning nomlanishi "-patiya" bilan tugallangan. Masalan, nevropatiya, radikulopatiya, pleksopatiya yoki polinevropatiya.
Hozirda PNS kasalliklari atamasida yallig‘lanishni belgilovchi "it" suffiksi deyarli ishlatilmaydi. Uning o‘rniga "-patiya" suffiksi qo‘llanilmoqda. Yunonchadan "pathos''" – funktsiya buzilishi degan ma’noni anglatadi. PNS kasalliklari bakterial yoki virusli infektsiyalar sababli rivojlangan bo‘lsa ham hozirda kasallik atamasi "-patiya" suffiksi bilan tugallanadi. Masalan, «yuz nervi nevriti», endilikda «yuz nervi nevropatiyasi» deb ataladi va h.k. Giyen-Barre sindromi avval "O‘tkir poliradikulonevrit" deb yuritilgan bo‘lsa, hozirda "O‘tkir poliradikulonevrpatiya" deb ataladi. Albatta, bunga "demielinizatsiya" so‘zi ham qo‘shilgan. PNS kasalliklarining bunday atalishi endi nafaqat kasallik etiologiyasi, balki uning patogenezini ham belgilab beradi. Chunki har qanday infektsiya PNS kasalliklari rivojlanishida dastavval turtki vazifasini bajaradi, xolos. PNS kasalliklari patogenezini esa bir qator patologik jarayonlar, ya’ni intoksikatsiya, ishemiya, gipoksiya, dismetabolizm, demielinizatsiya va sinaptik buzilishlar belgilab beradi. Shu bois, "-it" suffiksi bilan tugallanadigan PNS kasalliklari "-patiya" suffiksi bilan tugallanadigan bo‘ldi.
PNS zararlanishi bilan namoyon bo‘luvchi patologik holatlar va kasalliklarning qanday nomlanishini keltirib o‘tamiz.
- Mononevropatiya – bitta nerv zararlanishi.
- Polinevropatiya – bir qancha nervlar zararlanishi.
- Radikulopatiya – orqa miya ildizchasi zararlanishi.
- Pleksopatiya – nerv chigallari zararlanishi.
- Poliradikulonevropatiya – orqa miya ildizchalari va bir qancha nervlar zararlanishi.
- Aksonopatiya – nerv tolasi o‘q tsilindri zararlanishi.
- Mielinopatiya – mielin parda zararlanishi (emirilishi).
- Neyronopatiya – neyron tanasi zararlanishi.
- Pleksalgiya – nerv chigallari innervatsiya qiladigan sohadagi og‘riqlar.
- Nevralgiya – nerv tolasi va uning shoxchalari bo‘ylab tarqaluvchi og‘riqlar.
- Mialgiya – muskullarda kuzatiladigan og‘riqlar.
- Tservikalgiya – bo‘yin sohasidagi og‘riqlar.
- Tservikobraxialgiya – elkaga tarqaluvchi bo‘yindagi og‘riqlar.
- Kraniotservikalgiya – boshning ensa qismi va bo‘yin sohasidagi og‘riqlar.
- Torakalgiya – ko‘krak sohasida kuzatiladigan og‘riqlar.
- Radikulalgiya – spinal ildizchalar innervatsiya qiladigan sohadagi og‘riqlar.
- Dorsalgiya (lot. dorsum – ortsa) – tananing orqa qismida kuzati-luvchi og‘riqlar.
- Lyumbago yoki lyumbalgiya – bel sohasidagi og‘riqlar.
- Lyumboishialgiya – bel va quymich nervi sohasidagi og‘riqlar.
- Sakralgiya – dumg‘aza sohasidagi og‘riqlar.
- Koktsigodiniya – dum sohasidagi og‘riqlar.