Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi KAM UXLAShNING OQIBATI YoMONMI?

KAM UXLAShNING OQIBATI YoMONMI?


“Inson miyasiga rohat bag‘ishlovchi eng kuchli malham – bu uyqu”, – degan edi Ibn Sino. Haqiqatan, hayot tashvishlari yoki qandaydir sabab orqali uxlamay ishlaydigan yoki kam uxlab ko‘p ishlaydiganlarda aqliy va ruhiy faoliyat sustlashib boradi. Bu nimalar bilan namoyon bo‘ladi? Keling, kam uxlaydigan shofyorlar ko‘p avtohalokat sababchisi bo‘lishi haqida gapirmay qo‘ya qolaylik. Hozir katta dargohlarda ishlaydiganlar haqida so‘zlasha qolaylik. Uxlamasdan tinmay ishlash hech qachon ish unumdorligini oshirmaydi. Miya baribir o‘z alamini oladi.

Savol: Qanday qilib?

Javob: Ish unumdorligini pasaytirib.

Etarli darajada uxlamaydigan insonlar birovlar gapini eshitib turadi, biroq uni miyasi qabul qilmaydi, uning kasbiy ish faoliyati ham sustlashadi, miyasiga yangi g‘oyalar kelmaydi yoki avvaldan mavjud bo‘lgan g‘oyalarni hayotga tatbiq qila olmaydi va h.k. Bundaylar qog‘ozbozlikdan nariga o‘tmaydi, ular jahldor va qo‘l ostida ishlaydiganlarga qo‘rs bo‘lib qolishadi. Ishda kofe ichib tetik yurishga harakat qilishadi-yu, yanada miya va yurakka zarar qilib qo‘yishadi. Ayniqsa, 40 yoshdan oshganlar kuniga 6 soat uxlamasa, yurak-qon tomir kasalliklariga duchor bo‘lishlari mumkin.

Mendan umuman uxlamaydigan odamlar va har doim tetik yuradiganlar bo‘ladi-ku, deb so‘rashadi. Ular haqiqatan ham hech qachon charchamaydi, miyasi juda o‘tkir bo‘ladi, ish unumdorligi pasaymaydi va o‘ta qudratli inson bo‘lishadi. Biz biladigan mashhur hoqonlar ana shunday odamlar bo‘lishgan. Bunday holat genetika bilan bog‘liq bo‘lib, undaylar milliondan bir uchraydi va ularni “quyoshli odamlar” deb atashadi.

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив