DUO PSIXOLOGIYaSI


Duoni olimlar o‘rganishmayapti. Chunki u ilmiy emas. Duo – ilohiy. Biroq har qanday etuk olimni shu darajaga etishiga sababchi bo‘lgan, uning ustozi emas, balki bolaligida ota-onasidan olgan duosi emasmikan? Duoning kuchini har qanday oddiy odam bilib-ko‘rib turadi, biroq uni olimlarimiz tadqiq qilmayapti. Nima uchun? Duoni ilmiy tomondan asoslab berish qiyinligi yoki uning kuchi shundoq ham ma’lum bo‘lganligi uchunmi? Duo qanday kuchga ega ekanligini hayot ko‘rsatib turibdi va uni olimlar ko‘rsatib berishi shartmi deb o‘ylayapsizmi? Duo ilmiy emas va shuning uchun ham uni tadqiq qilish shart emas deb hisoblashayaptimi olimlar? Axir har qanday tilsimning sir-asrorini ochib tashlash olimlarning vazifasi emasmi?

Duo – ob’ektiv emas, balkim u sub’ektivdir. Ilmda sub’ektiv hodisalarni o‘rganishdan ko‘ra, ob’ektlarni o‘rganish osonroq. Chunki ularni qo‘l bilan ushlab ko‘rsa bo‘ladi. Qiziq! Kimgadir yoki nimagadir duo ketsa, uni qaytarishga eng kuchli olimning ham kuchi etmaydi. Duo sub’ektiv bo‘lsa-da, u bizning ob’ektiv hayotimizni keskin o‘zgartirib yuboradi. Demak, ilmdan ko‘ra ilohiyat kuchli! Unda nima uchun muqaddas kitobimiz bo‘lmish Qur’onda ilmga bag‘oyat katta urg‘u berilgan? Axir har qanday ilm Ollohni anglash uchun yaratilmaganmi?

Duo qanday kuchga ega ekanligini hayot har kuni bizga ko‘rsatib va anglatib turibdi. Vaqti kelib duo nega bunday qudratga ega ekanligini olimlar o‘rganishga bel bog‘lar. Biroq biz vaqtni boy bermasdan, ota-onamiz va yaxshi insonlar duosini olib yashaylik! Hadisda «Beshikdan qabrgacha ilm ol» degan o‘gitlar bor. Keling, shu jumlalarga monand bo‘lmish «Beshikdan qabrgacha duo ol» degan o‘gitni ham o‘zimizga hamroh qilaylik, farzandlarimizga, nevara va evaralarimizni yaxshi niyatlar bilan duo qilaylik...

 Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив