Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi DUPLEKSLI SKANIRLASh USULI

DUPLEKSLI SKANIRLASh USULI


Nevrologiya amaliyotida bo‘yin va bosh miya qon tomirlarini dupleks yordamida tekshirish keng qo‘llaniladi. Dupleks yordamida qon tomirlar devori va diametri, tonusi va elastiklik xususiyati, qon oqish yo‘nalishi va tezligi, tromblar xajmi va shakli, lokalizatsiyasini 3 o‘lchamli tasvirlarda  o‘rganiladi. Shuningdek, dupleks tekshiruvlari yordamida qon tomirlar yo‘nalishi, anomaliyalari (king-king, koyling), kengayishlari va xatto qatlanishlari bemalol aniqlanadi. Bu usul yordamida har qanday diametrli  arteriya va venalar holatiga baho berish mumkin. Angionevrologiyani dupleks tekshiruvlarisiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, bo‘yin qon tomirlarida angioxirurgik operatsiyalar o‘tkazishda dupleksning o‘rni katta. Qon tomirlar holati haqidagi ma’lumotlar elektrod qo‘yilgan zahoti avtomatik tarzda paydo bo‘ladi va tahlil qilinadi.

 

64-rasm. Dupleks tekshiruvi o‘tkazilayotgan payt

 

65-rasm. Elektrod qo‘yiladigan sohalar

1.    Transorbital

2.    Submandibulyar

3.    Suboktsipital

4.    Temporal

5.    Qo‘shimcha nuqta

 

 

66-rasm. Bosh miyani qon bilan ta’minlovchi arteriyalar

¾    Obshaya sonnaya arteriya- umumiy uyqu arteriyasi;

¾    pozvonochnaya arteriya – umurtqa arteriyasi;

¾    vnutrennaya sonnaya arteriya – ichki uyqu arteriyasi;

¾    narujnaya sonnaya arteriya – tashqi uyqu arteriyasi;

¾    zadnyaya nijnyaya mozjechkovaya arteriya – miyachaning orqa pastki arteriyasi;

¾    perednyaya nijnyaya mozjechkovaya arteriya – miyachaning oldingi pastki arteriyasi;

¾    srednyaya mozgovaya arteriya – miyaning oldingi arteriyasi;

¾    zadnyaya mozgovaya arteriya – miyaning orqa arteriyasi;

¾    perednyaya mozgovaya arteriya – miyaning oldingi arteriyasi

¾    bazillyarnaya arteriya – bazilyar arteriya

¾    orbitalnaya arteriya – orbital arteriya

 

Dupleks o‘tkazish uchun asosiy ko‘rsatmalar 

  • Bosh aylanishi;
  • Quloq va boshda shovqin;
  • Ateroskleroz, gipertoniya kasalligi;
  • TIA o‘tkazgan bemorlar
  • Yurak-qon tomir kasalliklari
  • Reyno kasalligi
  • Periferik qon tomirlar kasalliklari

Eslatma. Dupleks tekshiruvini o‘tkazishga monelik qiluvchi holatlar yo‘q.

 Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив