Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi MIOShI TIPIDAGI DISTAL MIOPATIYa

MIOShI TIPIDAGI DISTAL MIOPATIYa


Autosom-retsessiv tipda nasldan-naslga o‘tadi. Genetik defekt 2-xromosomada (2r12–14) joylashgan. Kasallik 15–25 yoshlarda boshlanadi. Dastlabki belgilar – boldir muskullari atrofiyasi bo‘lib, peroneal muskullar deyarli zararlanmay qoladi. Axill refleks so‘nadi, tizza ref­leksi saqlanib qoladi. Atrofiyalar keyinchalik son muskullariga o‘tishi mumkin. Qonda KFK miqdori keskin oshadi. Kasallik sekin zo‘rayib boruvchi xususiyatga ega. EMGda muskullarning birlamchi zararlanishi aniqlanadi.

 Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив