Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Miya pardalari qanday vazifani bajaradi? Likvor nima?

Miya pardalari qanday vazifani bajaradi? Likvor nima?


Bosh miya ham, orqa miya ham 3 ta parda bilan qoplangan. Bular – qattiq, o‘rgimchak to‘risimon va yumshoq pardalar. Qattiq parda kalla suyagiga yaqin joylashgan, uning tagida o‘rgimchak to‘risimon parda, undan pastda esa yumshoq parda joylashgan.

Yumshoq parda mayda qon tomirlarga boy bo‘lib, miyaga yopishib turadi. Xuddi piyoz kabi yumshoq va silliq qavat bo‘lganday. Yumshoq parda ham xuddi shunday miyaga tegib turadi. O‘rgimchak to‘risimon parda bilan yumshoq parda orasida bo‘shliq bor. Bu bo‘shliqda likvor, ya’ni miya suyuqligi oqadi. Miya pardalari va likvor markaziy asab sistemasi uchun muhim himoya vazifasini bajaradi. Bir kunda miya qorinchalarida joylashgan to‘rsimon chigallar orqali deyarli 450 ml likvor ishlab chiqariladi. Likvor har soniya tinmasdan ishlab chiqarilib va qayta so‘rilib turadi. Turli kasalliklar, ayniqsa, meningit, leptomeningit va bosh miya jarohatlarida likvor ishlab chiqarilishi kuchayib ketadi va miyaning ichki bosimi oshadi. Bolalarda esa gidrotsefaliya rivojlanadi. Bosh miya ichida suyuqlikning keskin ko‘payib ketishiga gidrotsefaliya deb aytiladi. Agar yosh bolada gidrotsefaliya rivojlansa, uning boshi kattalashib ketadi. Buni MRT tekshiruvini o‘tkazib, aniqlab olish zarur.

 Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив