Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi MULTISPIRAL KOMPYuTER TOMOGRAFIYa

MULTISPIRAL KOMPYuTER TOMOGRAFIYa


Kompyuter tomografiya (KT) turli a’zolarni rentgen nurlari yordamida o‘ta yupqa kesimlarda (1 mm) o‘rganish imkonini beruvchi diagnostika usulidir. XX asrning 70-yillari KT noinvaziv tekshirish usuli sifatida tibbiyotga kirib keldi. Yillar o‘tib KT ning yanada takomillashgan turlari, ya’ni mulltispiral kompyuter tomograflar (MSKT) yaratildi. MSKT tekshiruvini o‘tkazish MRT tekshiruviga qaraganda kam vaqt talab qiladi. Bitta a’zoni MSKT qilishga 7–8 daqiqa vaqt ketadi. Shuning uchun ham og‘ir bemorlarni (masalan, kraniotserebral jarohatlar) zudlik bilan tekshirish zarurati tug‘ilganda MSKT afzal. MSKT yordamida har qanday a’zo, shu jumladan qon tomirlarning 3 o‘lchamli tasvirini yaratish mumkin. Intrakranial gemorragiyalarning (postravmatik gemorragiya, gemorragik insult) dastlabki soatlarida MSKT MRT ga qaraganda yuqori darajada informativ hisoblanadi. Shuningdek, suyak to‘qimalari patologiyasi ham MSKT da yaxshi aniqlanadi. Qon tomirlar holatini yanada aniqroq o‘rganish uchun tirsak venasiga kontrast yuborib multispiral kompyuter angiografiya (MSKTA) tekshiruvi o‘tkaziladi. MSKTA har qanday zamonaviy angiografiya (MRA va h.k.) tekshiruvlari darajasida aniq ma’lumotlar bera oladi. 

 

 

70 a-rasm. Bosh miyaning kompyuter tomogrammasi (boshi): 1 – miyacha; 2 – chakka bo‘lagi; 3 – uzunchoq miya.

 

70 b-rasm. Bosh miyaning kompyuter tomogrammasi (davomi):

4 - talamus; 5 – dumli yadroning boshi; 6 – ichki kapsula; 7 – yon qorinchaning oldingi shoxlari; 8 – yon qorinchaning orqa shoxlari; 9 – III qorincha; 10 – yon qorinchaning tanasi; 11 – po‘stloq (kulrang modda); 12 – oq modda.

 

 

 

71-rasm. Bosh miya MRT si (sagital kesimda). 1 – miyacha; 2 – chakka bo‘lagi (uncus); 3 –  uzunchoq miya; 4 – III qorincha devori talamus; 5 – yon qorincha; 6 – po‘stloq (kulrang modda); 7 – oq modda; 8 - gipofiz; 9 – IV qorincha; 10 – ko‘prik; 11 – tiniq parda; 12 – xiazma

 

 MSKT o‘tkazish uchun asosiy ko‘rsatmalar

  • Kraniotserebral jarohatlar
  • Umurtqa pog‘onasi kasalliklari
  • Bosh miya o‘smalari va anevrizmalar.
  • O‘tkir tserebrovaskulyar kasalliklar.
  • Neyrodegenerativ kasalliklar.
  • Bosh miya va orqa miyaning yallig‘lanish kasalliklari.
  • Boshqa kasalliklar

MSKT o‘tkazishga monelik qiluvchi holatlar. Homilador ayollar va erta yoshdagi bolalarga MSKT o‘tkazish tavsiya etilmaydi. Bunday bemorlarga MRT tekshiruvi tanlanadi.

 Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha