Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Tilosti nervi, XII juft

Tilosti nervi, XII juft


Tilosti nervi, XII juft

Topografiyasi. Tilosti nervi (n.hypoglossus, XII nerv)– harakat nervi. Uning yadrosi uzunchoq miyaning pastki qismida, ya’ni rombsimon chuqurcha tubida yotadi. Bu joyga trigonum hypoglossi deyiladi. Yadroning pastki qismi orqa miyaning oldingi shoxi bo‘ylab S2 segmentgacha tushib keladi. Tilosti nervi kalla suyagini canalis hypoglossi orqali tark etadi va til muskullarini innervatsiya qiladi (6.38-rasm).

 

XII yadrosiga keluvchi kortiko-nuklear yo‘l oldingi markaziy pushtaning pastki qismidan boshlanadi ichki kapsulaning tizza qismi, miya oyoqlari va ko‘prikdan o‘tib uzunchoq miyaga tushadi. Bu tolalar uzunchoq miyaning pastki qismida kesishib qarama-qarshi tomonga o‘tadi va n. hypoglossus yadrosida tugaydi. Demak, har bir yadro qarama-qarshi yarimshardan innervatsiya oladi.  



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив