Tekshirish usullari
Buning uchun bemordan tilini chiqarish so‘raladi. Normada til o‘rtachiziqda turadi va hech tomonga og‘maydi. Sog‘lom odamda tilning chapva o‘ng tomoni bir xil va simmetrik bo‘lib, fibrillyatsiya kuzatilmaydi (6.39 a-rasm). Tilosti nervining periferik va markaziy falajliklari farqlanadi.XII nerv yadrosi va uning ildizchalari zararlansa, periferikfalajlik rivojlanadi (6.39 b-rasm). .
Zararlanish simptomlari va topik diagnostikasi
- Tilosti nervining periferik falajligi. Bir tomondagi yadro yoki nerv zararlansa, tilning o‘sha yarmi falajlanadi, atrofiya va fibrillyatsiya (fastsikulyatsiyalar) kuzatiladi Til o‘choq tomonga og‘adi. Dizartriya rivojlanadi. Tilosti nervi ikkala tomonda ham zararlansa, til butkul falajlanadi va anartriya rivojlanadi.
- Alternirlashgan gemisindrom. XII nerv yadrosi va shu erdan o‘tuvchi piramidal yo‘llar zararlansa, o‘choq tomonda tilning periferik falajligi, qarama-qarshi tomonda esa markaziy gemiparez rivojlanadi. Bunga alternirlashgan Jekson sindromi deyiladi.
- Tilosti nervining markaziy falajligi. XII nerv yadrosiga keluvchi kortiko-nuklear yo‘llar zararlansa ro‘y beradi. Chap yarimshardan keluvchi kortiko-nuklear yo‘l zararlansa, tilning o‘ng yarmi, o‘ng yarimshardan keluvchi qismi zararlansa, tilning chap yarmi falajlanadi. Atrofiya va fibrillyatsiyalar kuzatilmaydi. Tilda atrofiya yo‘qligi bois, artikulyatsiya saqlanib qoladi.
- Kortiko-spinal va kortiko-nuklear yo‘llarning birgalikda zararlanishi. Tserebral insultda ko‘p uchraydi. Ushbu simptomokompleks qarama-qarshi tomonda markaziy gemiparez hamda VII va XII nervlarning markaziy falajligi bilan namoyon bo‘ladi. Yo‘llar zich joylashgan ichki kapsula zararlanishini bunga misol qilish mumkin.
- Kortiko-nuklear yo‘llar ikkala tomonlama zararlansa, psevdobulbar falajlik (disfagiya, disfoniya, dizartriya) rivojlanadi va oral avtomatizmi reflekslari (Marinesku-Rodovich, distant-oral, nazolabial) paydo bo‘ladi.
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha