Normal reflekslarni tekshirish usullari
Sog‘lom odamda yuzaki reflekslar ham, chuqur reflekslar ham simmetrik tarzda chaqiriladi. Reflekslar tinch va qulay sharoitda tekshirilishi kerak. Chuqur reflekslarni tekshirayotganda muskullar bo‘shashgan holatda bo‘lishi lozim. Xulosa yozayotganda refleksning normal chaqirilishi, oshganligi, pasayganligi yoki yo‘qolganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Muskul tarang holatda bo‘lsa, o‘sha sohada pay reflekslari sust chaqiriladi. Bu esa noto‘g‘ri xulosaga sabab bo‘ladi.
Yuzaki va chuqur reflekslarni chaqirish usullari, javob reaktsiyasi va reflektor yoy tutashadigan segmentlar 1.1-jadvalda aks ettirilgan.
1.1-jadval
Normal reflekslarni chaqirish usullari va ularning reflektor yoyi
Reflekslar |
Chaqirish usuli |
Javob reaktsiyasi |
Reflektor yoy tutashadigan soha |
A. Yu z a k i r e f l e k s l a r |
|||
Teri reflekslari |
|||
Qorin reflekslari: yuqori |
Qorin terisi pastki qovurg‘a yoyi bo‘ylab ichkariga chiziladi |
Shu sohada qorin devori muskullari qisqaradi |
Th7 –Th8 spinal segmentlar |
O‘rta |
Qorin terisi kindik tomonga qarab chiziladi |
Shu sohada qorin devori muskullari qisqaradi |
Th9 –Th10 spinal segmentlar |
Pastki |
Qorin terisi chov burmasining yuqori qismi bo‘ylab ichkariga chiziladi |
Shu sohada qorin devori muskullari qisqaradi |
Th11 –Th12 spinal segmentlar |
Eslatma: Bolada qorin reflekslari 5-6 oyga to‘lgandan keyin chaqirilib boshlaydi. |
|||
Kremaster refleks |
Sonning ichki yuzasi bo‘ylab o‘tmas nina bilan tepaga qarab chiziladi |
Moyak ko‘tariladi |
L1 – L2 spinal segmentlar |
Eslatma: Kremaster refleks o‘g‘il bolalarda 4-5 oyga to‘lgandan keyin chaqirilib boshlaydi. |
|||
Anal refleks |
Orqa teshik yoniga o‘tmas nina bilan tegiziladi |
m. sphincter ani externus qisqarib orqa teshik torayadi |
S4-S5 spinal segmentlar |
Oyoq kafti refleksi |
Oyoq kafti pastdan yuqoriga qarab chiziladi |
Barmoqlar bukiladi |
L5– S1 spinal segmentlar |
Eslatma: Oyoq kafti refleksi bola 2 yoshga to‘lgandan keyin chaqirilib boshlaydi. |
|||
Shilliq qavat reflekslari |
|||
Korneal refleks |
Ko‘zning shox pardasi momiq paxta uchi bilan ta’sirlantiriladi |
Qovoqlar qisqarib (m. orbicularis oculi) ko‘z yumiladi |
Afferent qismi – n.ophthalmicus n. trigemini, efferent qismi – n. facialis ning harakat yadrosi |
Kon’yuktival refleks |
Kon’yuktiva momiq paxta uchi bilan ta’sirlantiriladi |
Qovoqlar qisqarib (m. orbicularis oculi) ko‘z yumiladi |
Afferent qismi – n.ophthalmicus n. trigemini, efferent qismi – n. facialis ning harakat yadrosi |
Yumshoq tanglay refleksi |
Yumshoq tanglay shpatel bilan ta’sirlantiriladi |
Yumshoq tanglay qisqarib ko‘tariladi |
IX va X nervlarning afferent va efferent yo‘llari |
Yutqum refleksi |
Halqumning orqa devori shpatel bilan qo‘zg‘atiladi |
Yutish, qusish yoki yo‘talish harakatlari paydo bo‘ladi |
IX va X nervlarning afferent va efferent yo‘llari |
V. Ch u q u r r e f l e k s l a r |
|||
Bitseps refleks |
Qo‘l tirsak bo‘g‘imida yarim bukilgan holda ushlab turiladi va ikki boshli muskul payiga uriladi |
m. bicipitis brachii qisqarib qo‘l tirsak bo‘g‘imida bukiladi. |
S5—S6 spinal segmentlar |
Tritseps refleks |
Qo‘l tirsak bo‘g‘imida yarim bukilgan holda ushlab turiladi va uch boshli muskul payiga uriladi |
m. tricipitis brachii qisqarib qo‘l tirsak bo‘g‘imida yoziladi |
S6—S7 spinal segmentlar |
Bilak periostal refleksi (karporadial refleks) |
Bilak suyagi distal qismining radial yuzasiga nevrologik bolg‘acha bilan uriladi |
Qo‘l tirsak bo‘g‘imida bukilib engil pronatsiya kuzatiladi, barmoqlar ham biroz bukiladi |
S5 S6, S7, S8 spinal segmentlar |
Tizza refleksi |
To‘rt boshli muskul payiga nevrologik bolg‘acha bilan uriladi |
Boldir tizza bo‘g‘imida yozilib yana pastga tushadi |
L2–L4 spinal segmentlar |
Axill refleksi |
Axill payiga nevrologik bolg‘acha bilan uriladi |
m. tricipitis surae qisqarib oyoq panjasi orqaga bukiladi |
S1–S2 spinal segmentlar |
Qosh usti refleksi |
Qosh ustining ichki tomoniga nevrologik bolg‘acha bilan sekin uriladi |
Qovoqlar qisqarib (m. orbicularis oculi) ko‘z yumiladi |
Afferent qismi – n.ophthalmicus n. trigemini, efferent qismi – n. facialis ning harakat yadrosi |
Pastki jag‘ (mandibulyar) refleksi |
Og‘iz biroz ochiq holatda iyag ustiga nevrologik bolg‘acha bilan sekin uriladi. |
Chaynov muskullari qisqarib pastki jag‘ biroz ko‘tariladi. |
V nervning afferent va efferent yo‘llari |
1.2-rasm. Normal (fiziologik) reflekslarni tekshirish usullari
Izoh. Kranial reflekslarni tekshirish usullari “Kranial nervlar” bobida keltirilgan.