Nazo-labial refleks
Nazo-labial refleks. Nevrologik bolg‘acha bilan kansharga urilganda lablar cho‘chchayadi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu refleks fiziologik hisoblanadi. M.I. Astvatsaturov tomonidan yozilgan.
Nistagm. Ko‘zlar harakati tekshirilayotganda nistagm bor-yo‘qligi o‘rganiladi. Normada nistagm bo‘lmaydi. Ko‘zlarning ritmik tebranishiga nistagm deb aytiladi. Nistagm orqa uzun tutam, vestibulyar yadrolar va yo‘llar, miyacha va uning yo‘llari zararlanganda paydo bo‘ladi.
Gorizontal, vertikal va rotator nistagmlar farqlanadi. Gorizontal nistagm ko‘zni yon tomonga, vertikal nistagm esa yuqoriga va pastga harakatlantirganda paydo bo‘ladi. Aylanasimon tipda namoyon bo‘luvchi nistagm rotator nistagm deyiladi. Ko‘z kasalliklari bilan bog‘liq nistagmga okulyar nistagm deb aytiladi. Okulyar nistagm (masalan, miopiyada) korrektsiya qiluvchi ko‘zoynaklar taqqanda yo‘qoladi yoki keskin kamayadi. Ko‘zoynak taqish nevrologik kasalliklar sababli yuzaga kelgan nistagmda yordam bermaydi.