Fastsikulyatsiya va fibrillyatsiyalar
Fastsikulyatsiya va fibrillyatsiyalar. Atrofiyaga uchrayotgan muskulda fibrillyatsiya va fastsikulyatsiyalar kuzatiladi. Muskul tolalari tebranishiga fibrillyatsiya, muskul tutamlari tebranishiga fastsikulyatsiya deyiladi. Bu tebranishlar normada kuzatilmaydi.
Fibrillyatsiya va fastsikulyatsiyalarning mavjudligi periferik motoneyron ta’sirlanishidan dalolat beradi. Atrofiyaga uchrayotgan muskullarga bolg‘acha bilan urib fibrillyatsiya va fastsikulyatsiyalarni oson chaqirish mumkin. Oldingi shox patologiyasi uchun fibrillyar, oldingi ildizcha patologiyasi uchun fastsikulyar tebranishlar xos. Chunki oldingi shoxda periferik motoneyronlar biroz yoyilib joylashgan.
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha