Yangiliklar Maʼnaviy ishlar Bizning magistrlarimiz juda ham faol !

Bizning magistrlarimiz juda ham faol !


Ko‘pchilikka ma’lum, Evropa Ittifoqi UZHELTH loyihasi asosida Respublikamizning ko‘plab magistralari va doktorantlari 3 oy muddatda (2015 yil 15 Fevral – 15 may kunlari) butun Evropa bo‘ylab o‘qishda bo‘lishdi.

Shu jumladan bizning iqtidorli magistrlarimizdan biri To‘xtamisheva D. ham ushbu loyiha asosida 3 oylik muddatda Evropada o‘qishda bo‘lib qaytdi va o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men Tukhtamisheva Dildora TTA talabasiman. Bakalavrlik davrimda barcha fanlarni chuqur o’zlashtirdim, izlanishdan to’xtamadim, qolaversa men Ingliz tilini chuqur o’rgandim va hozirda o’zim qiziqqan “Tibbiy psixologiya” yo’nalishida 1-kurs magistrman. Aynan ingliz tili savodxonligini chuqur egallaganim sababli TTA ko’magida yuksak imkoniyatlardan birini qo’lga kiritdim, ya’ni “UZHELTH” proyekti asosidagi 3 oylik o’qish faoliyatimni Yevropa davlatlarida davom ettirdim. Chet el tajribalari asosida bilim va amaliy ko’nikmalarimni mukammallashtirdim. Shu o’qish faoliyatim asosida o’z soham bo’yicha bilim va tajribalarimni boyittim va bundan tashqari do’stlar safimni kengaytirib, Yevropa xalqi urf-odatlaridan boxabar bo’ldim. Eng asosiysi O’zbekiston va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi nomini butun dunyaga tanitdim. Meni shu darajalarga yetishimda o’zlarining katta hissalarini qo’shgan Toshkent Tibbiyot Akademiyasining barcha professor-o’qituvchilariga, xususan, rektorimiz Sh.I.Karimov, O’quv ishlari prorektori O.R.Teshaev, Ilmiy ishlar prorektori Sh.A.Boymuradov, Asab kasalliklari kafedrasi mudirasi prof. G.S.Rakhimbaeva va Tibbiy psixologiya yo’nalishi rahbari, ustozim prof. Z.I. Ibodullayevlarga alohida o’z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Uylaymanki, kelajakda bundanda yuqori yutuqlarga erishish uchun o’z kuch va g’ayratim bilan yanada yuksak cho’qqilarga chiqib, menga berilgan ishonchlarni albatta oqlayman. Ishonamanki, TTA menga o’xshash talabalar soni juda ko’p va ularning barchasini yorqin kelajak kutmoqda”

Bizning akademiyamizda bunday faol, izlanuvchan, ilmga chanqoq va eng muhimi chet tillarini chuqur egallagan talabalarimiz juda ko‘p. Ularga omad, kelajakdagi ishlari uchun rivoj va bundanda yuqori natijalarga erishishlarini tilab qolamiz.

TTAning kelajagi ishonchli qo‘llarda!

 



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив