Yangiliklar Maʼnaviy ishlar Zangiota tibbiyot kollejida “Ustozlar izidan boramiz” ma’naviy – ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi

Zangiota tibbiyot kollejida “Ustozlar izidan boramiz” ma’naviy – ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi


 

Shamdek bo‘l, shamni ko‘r, kuyib qalbu tan,
O‘zgalar dilini qiladi ravshan.

Abduraxmon Jomiy


Mashoyihlar ustozlarni ota-onalarga mengzab, “Ota-onang seni osmonlardan erga olib tushdi, ya’ni yo‘qdan bor qildi, ustozing esa seni yana osmonlarga olib chiqdi, ya’ni sening ilmingni, martabangni baland qildi”, deya ularning mehnatlari va chekkan zahmatlari bahosini belgilaganlar.

Xuddi shu nuqtai nazarda, joriy yilning 14 dekabr sanasida,  Toshkent tibbiyot akademiyasining  akademik litsey va kasb-xunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi va Toshkent tibbiyot akademiyasining ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 4 oktyabrdagi 400-sonli va 2010 yil 1 iyuldagi 131- sonli Qarorlari, OO‘MTV ning 2005 yil 2 martdagi 39-sonli buyrug‘i, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010 yil 2 iyuldagi 202-sonli, 2016 yil 22 martdagi 137- sonli buyruqlari va TTA rektori tomonidan  2013 yil 8 oktyabr sanasida tasdiqlangan “TTA akademik litsey va kasb-xunar kollejlari o‘rtasidagi xamkorlik ishlari to‘g‘risida” gi Nizomi asosida, Toshkent tibbiyot akademiyasi “Asab kasalliklari” kafedrasi professori,  tibbiyot fanlari doktori, “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi”, “Tibbiy psixologiya” bo‘yicha magistratura direktori, nevrolog va neyropsixolog olim Ibodullaev Zarifboy Radjabovichning “Ustozlarimiz izidan boramiz” nomli ma’naviy – ma’rifiy tadbir Zangiota tibbiyot kolleji o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni professor Ibodullaev Zarifboy Radjabovichni shogirdi, Toshkent tibbiyot akademiyasining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha   uslubchi va “Tibbiy psixologiya” yo‘nalishining II-bosqich magistri Rasulbek Polvanov olib bordi.

Akademik litsey va kollejlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sh.F.Usmanova tadbirni ochib berar ekan ustozi Ibodullaev Zarifboy Radjabovichni siymosida u avvalo:

  • Komil insonni;
  • O‘zining ilmiy asarlari va tayyorlagan shogirdlari bilan nafaqat diyorimizda, balki Markaziy Osiyo va ko‘lab chet mamlakatlarda e’tirof etilgan mashhur, ma’lum va etuk tibbiyot olimini;
  • O‘ta bolajon, oilaparvar, qarindoshparvarni;
  • O‘zbekistonda tibbiyot fanining, aynisa, “Tibbiyot psixologiyasi” fanining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan iste’dodli tashkilotchini;

Shogirdlarini farzandlaridek asrab avaylab, g‘amho‘rligini ayamagan mehribon murabbiy insonni ko‘rishini ta’kidlab, kollej o‘quvchilari bilan o‘zining talabalik davrlaridagi fikr va mulhazalarini o‘rtoqlashdilar.

Shundan so‘ng, “Farzandnoma” asarining muallifi, publitsist va jurnalist Obiddin Mahmudov so‘zga chiqib, ustozlik va shogirdlik an’anasi haqida yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan, ularning ma’naviy kamolotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, o‘zlarining xayotiy tajribalariga asoslangan fikr va mulohazalari bildirib, jumladan:

“Komil inson osmondan tushmaydi, u ham ustoz tarbiyasini olib shakllanadi. Yaxshilik, ezgulikni o‘rgatib saodatga eltuvchi yo‘lni ko‘rsatadigan kishinigina USTOZ deyish mumkin.

Ilmi borga yuz xavas, ustozi borga esa ming xavas qilsa arziydi! Darxaqiqat, shunday ustozlar borki, shogirdlariga nafaqat ilm berib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, muomala madaniyati, ma’rifatni o‘rgatib qolmasdan, balki, ularga xayot yo‘lidagi so‘qmoqlardan to‘g‘ri yurishni, oq-qorani anglashni, yaxshi yomonni va xalol-xaromni ajratishni xam beminnat o‘rgatadi. Ustoz inson ma’naviyatining me’moridir. Otaning farzandiga yaxshilik qilish uchun otalik hissi bor, ustozning esa birovning farzandini ko‘klarga ko‘tarib, o‘z kasbini o‘rgatish uchun, jonkuyarlik qilishi uchun insoniylik fazilatidandir, deya o‘quvchi-yoshlarga ustozlik ibrati xaqida tushunchalar berdilar.

Tadbirda professor Ibodullaev Zarifboy Radjabovichning shogirdlari, “Tibbiy psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirar ekanlar, o‘z ustozlaridan:

  • Avvalo, insonga, oilaga, millatga, Vatanga cheksiz muhabbatli bo‘lish, ya’ni insonparvar, millatparvar, vatanparvar bo‘lishni;
  • Ikkinchidan, halollikni, poklikni o‘z hayotining mezoni qilib olishi;
  • Uchinchidan, boshqa insonlarning yutug‘iga, boyligiga, amaliga hasad bilan emas, balki, xavas bilan qarashni, ya’ni men ham shu inson erishgan yutuqqa, boylikka, amalga ega bo‘lay, degan yaxshi niyat bilan umrguzaronlik qilishni;
  • To‘rtinchidan, nafaqat bola-chaqasiga, balki, urug‘-aymog‘iga, qarindoshlariga, yor-birodarlariga, shogirdlariga va jamiki insonlarga qo‘lidan kelgancha yaxshilik qilishni;
  • Beshinchidan, o‘z kasbini hurmat qilishni, yaxshi ko‘rishni, ulug‘lashni va tanlab olgan kasbining piri bo‘lishni;
  • Oltinchidan, o‘z xayotini sermazmun, serjilo va go‘zal o‘tkazishni, ya’ni o‘zidan katta, salmoqli salohiyatli iz koldirishni o‘rganmoqdamiz, deya ta’kidladilar.

Tadbir so‘ngida kollej o‘quvchilari professor Ibodullaev Zarifboy Radjabovichga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. “Eng yaxshi savol” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar professorning o‘z qalamiga mansub tibbiyot darsliklari bilan taqdirlandilar.

Albatta, har bir inson “Vatan menga nima berdi, deb emas, balki, men Vatanga nima berdim”, deb qattiq bel bog‘lab, el-yurtimiz kelajagi yo‘lida tinmasdan izlanishda, harakatda va insonlar uchun mehri jo‘sh uradigan, qalbida o‘zbek xalqi zavol ko‘rmasin, dard nimaligi bilmay sihat-salomat yursin, Ona Vatan yanada farovon, mashhuri jahon bo‘lsin degan orzu-niyatlar pirovardida “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot qurish”, g‘oyasini ko‘ra olishi kerak.

Bu kabi tadbirlar, O‘sib kelayotgan yosh avlodlarimizga tibbiyotimizning etuk va tajribali mutaxassislarini xayot yo‘li, kasbiy maxorati, boy ilmiy va amaliy  tajribasi bilan o‘rtoqlashish, namuna va o‘rnak bo‘lishdir. O‘quvchida  oliy ta’limga va xususan,  kitobga bo‘lgan    qiziqishni oshirish va shifokorlik  kasbiga  mehr  uyg‘otishda salmoqli hissa qo‘shadi degan umiddamiz.

Muallif: Polvanov Rasulbek

 

Tadbirda taqdim etilgan videolavha
Obiddin Mahmudov – «farzandnoma» («Ustoz, kim – ul zot?»)



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Maʼnaviy ishlar" bo‘limi bo‘yicha