Yangiliklar Maʼnaviy ishlar SAMARQANDDA «SALOMATLIK KUNLARI»

SAMARQANDDA «SALOMATLIK KUNLARI»


 

Eng yaxshi xizmat — elga xizmat!

SAMARQANDDA «SALOMATLIK KUNLARI»

Yangi davrning har bir daqiqasida islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, sog‘liqni saqlash sohasida oxirgi yillarda juda ko‘p qonun hujjatlari chiqdiki, bularning barchasi, avvalo, aholining salomatligini mustahkamlashga qaratilgandir.

Shaxsan Yurtboshimiz tomonidan soha rivojiga alohida ahamiyat qaratilib kelinayotgani barchamizga yaxshi ma’lum. Buni sog‘liqni saqlash tizimidagi soha xodimlari bilan bir yilda bir necha marotaba uchrashib, mavjud kamchiliklarni o‘rtaga tashlagani misolida ham aytish mumkin.

Bir guruh Toshkent tibbiyot akademiyasi professorlari: Barno Xolmatova, Guli Shayxova, Munira Allaeva, Shaxlo Bakieva va tibbiyot fanlari doktori, professor, nevrolog Zarifboy Ibodullaevlar «Shifo-info» gazetasi tahrir hay’ati a’zolari bilan birgalikda  shu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda viloyat aholisi bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning salomatligini o‘rganish, bepul ko‘rikdan o‘tkazib, tegishli tavsiya va maslahatlar berish maqsadida Samarqand shahrida 4-5- may kunlari  bo‘lishdi.

Professor, nevrolog Zarifboy Ibodullaev asab kasalliklari va depressiyaning aksariyati o‘tkir va surunkali ruhiy siqilishlar, ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar va uzoq davom etuvchi kasalliklar natijasida kelib chiqishi haqida bemorlarga ma’lumotlar berdi. Bundan tashqari, bemorlarga mustaqil ravishda antidepressantlar qabul qilmaslik, har qanday dori vositasini shifokor ruxsati bilan qabul qilish kerakligi tushuntirildi. Ko‘rik davomida professorga mazkur shifoxonaning ikki nafar yosh mutaxassisi yaqindan yordam berdi.

Professor Barno Xolmatova onalar bilan ham suhbat o‘tkazdi. Bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish, jismoniy rivojlanishni monitoring qilish, profilaktik emlashlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, yaqin qarindoshlar orasidagi nikohga yo‘l qo‘ymaslik, bolada kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qilishlari kerakligini tushuntirdi.

Professorlar  Guli Shayxova va Munira Allaeva qiziqarli ma’ruzalarini taqdimot tarzida namoyish etishdi. Oila a’zolarining salomatligi uchun sog‘lom turmush tarziga, to‘g‘ri ovqatlanish va uning qonun koidalariga rioya qilish, betob bo‘lganda esa asoratsiz davolanish maqsadida dorilarni o‘z vaqtida to‘g‘ri qabul qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘pchilikka ma’lum. Shu bois ham 300 ga yaqin yig‘ilgan ayollar mutaxassislar ma’ruzalarini diqqat bilan tinglashdi, so‘ngra ulardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Tibbiyot fanlari doktori,  otorinolaringolog Shahlo Bakieva ishtirokida ham bepul kurik tashkil etildi.   Bemorlarning aksariyati yoshi katta insonlar bo‘lib, asosiy shikoyatlari yaxshi eshitmaslik, surunkali otit, quloqdan turli ajralmalar kelishi ekan. Shifokor tashxis qo‘yishdan avval bemorlarni zamonaviy tibbiyot qurilmalari yordamida tekshirib, shundan keyingina kasallikka sabab bo‘luvchi omillar va uni bartaraf etish tartiblari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Shunday qilib, Samarqand safari qiziqarli va mazmunli bo‘ldi.

 



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив