Yaxshi yangilik!
Habaringiz bor, Toshkent tibbiyot akademiyasida «Tibbiy psixologiya» mutaxassisligi shakllantirilib, faoliyat olib borayotganiga 3 yil bo‘ldi. Toshkent tibbiyot akademiyasida prof. Ibodullaev Z.R. rahbarligida «Tibbiy psixologiya» mutaxassisligi bo‘yicha birinchi qaldirg‘ochlar tayorlandi. Ular 3 yillik o‘qish davrida o‘zlarining qanday yuksak qobiliyatli, nafaqat o‘z sohasida betakror ilm sohibi ekanliklari, balki chet tillarini chuqur egallaganliklarini barchaga isbotlab kelishdi. Magistrlarimiz tomonidan erishilgan natijalar buning isboti sifatida hammaning xotirasida qoldi.
Ushbu faol, keng fikrlaydigan, juda umidli bitiruvchilarimizdan ikki nafarini kelajakda xuddi shunday faol yoshlarni tayyorlash maqsadida kafedrada assistent-o‘qituvchi sifatida qoldirildi. Zero, kelajak yoshlar qo‘lida!
Biz ularga omad, ishlariga rivoj, kelajakda bundanda katta muvafaqqiyatlarga erishishlarini tilab qolamiz.