Yangiliklar Yangiliklar Buxoro Davlat Universitetining 85 yilligiga bag‘ishlangan Halqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

Buxoro Davlat Universitetining 85 yilligiga bag‘ishlangan Halqaro anjuman bo‘lib o‘tdi


2016 yil 10-11mart kuni Buxoro shaxrida Buxoro Davlat universitetining 85 yilligiga bag‘ishlangan Halqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning «XXI asr psixologiyasi» sektsiyasida Evropa davlatlari, Rossiya, Kozog‘iston, Kirg‘izistondan bir guruh olimlar ishtirok etishdi.
O‘zbekistonlik yirik psixolog olimlar prof. Shoumarov G.B., Begmatov A.S., Karimova V.M., Safoev N.S., Kodirov B.R. lar ishtirok etishdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasidan prof. Ibodullaev Z.R. rahbarligida bir guruh Tibbiy psixologiya yo‘nalishi magistrlari ham qatnashdi. Prof. Ibodullaev Z.R. «O‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasi: tarixga bir nazar va istiqboldagi rejalar» mavzusida ma’ruza qildi. Yirik psixolog olim G.B. Shoumarov va boshqalar Tibbiy psixologiyani O‘zbekistonda rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb muammosi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Bu borada Toshkent tibbiyot akademiyasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.

«O‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasi: tarixga bir nazar va istiqboldagi rejalar» mavzusidagi ma’ruza (.pdf)

«O‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasi: tarixga bir nazar va istiqboldagi rejalar» (.pdf)



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив