Yangiliklar Yangiliklar O‘QITUVChI PSIXOLOGIYaSI

O‘QITUVChI PSIXOLOGIYaSI


 

M.G.Davletshin, p.f.d., professor

O‘qituvchi psixologiyasi 

reja: 

  1. Jamiyatda O‘qituvchining tutgan o‘rni va vazifalari.
  2. O‘qituvchiga kuyiladigan talablar.
  3. O‘qituvchining kasbga hos xislatlari.
  4. Pedagogik qobiliyatlar.
  5. O‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishining muammolari.

Hozirgi zamon O‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar 

O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi aniqlanadi. Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etish jarayonida O‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldida javobgarligi yanada ortib boraveradi.

Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi O‘qituvchiga bog‘liqdir.

Zamonaviy maktab O‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi – sinfdagi O‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi O‘quvchilar uchun dars paytida, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik O‘qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar.

Zamonaviy O‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham O‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.

O‘qituvchi maktabning pedagog jamoa a’zosi sifatida maktab hayoti faoliyatini uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan O‘qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir O‘qituvchi O‘quvchilarning ota-oanlari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar O‘qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar tag‘ribotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko‘pligi uchun ham jamiyatning O‘qituvchilar oldiga quyadigan talablari tushunarlidir.

Ma’lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.

Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi O‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq xislatlariga qaratilgan.

O‘qituvchining eng muhim hislatlari quyidagilardan iborat:

-O‘qituvchining o‘z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevish, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o‘z yurti, ona tili, o‘z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatining mustaqilligi g‘oyasida yashashidan iboratdir;

-ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;

-olijanobligi, aqli, farosati, ma’naviy pokligi ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi;

-o‘zini qo‘lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.

Jamiyatning O‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir:

-shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomonidan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik, g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;

-keng bilimga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;

-yosh pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;

-o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasi bo‘yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;

-ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;

-o‘z ishiga ijodiy yondashishi;

-bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi;

-pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;

-o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

Har bir O‘qituvchi ana shu talablarga to‘la javob bera oladigan bo‘lishiga intilishi shart.

O‘qituvchi jamiyat tomonidan quyilgan talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida tevarak-atrofidagi kishilar maktab ma’muriyati, hamkasblari, O‘quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.

O‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligining o‘ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchan jamiyat tomonidan O‘qituvchiga quyladigan talablarga kelsada, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha xalq ta’limi bo‘limlari va maktab direktorlari O‘qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari O‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o‘zlashtirishni talab qilsalar, maktab direktorlari O‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talabalarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. Shu bilan birga xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari O‘qituvchilarning O‘quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermaydilar, maktab direktori esa bunday xislatlarni O‘qituvchi shaxsiga quyiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa quyadilar.

Ota-onalar O‘qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, farzandlarini tarbiyalash va O‘qitish mahoratini kutadilar. O‘quvchilar esa O‘qituvchilarni uch xil xislatlari bo‘yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan O‘qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi ko‘rish xislatlari; ikkinchidan – O‘qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan bog‘liq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchidan, O‘qituvchining o‘z fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo‘yiladigan talablar bilan birga O‘qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan ijtimoiy talablar ham o‘sib bormoqda.

O‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning, shu tariqa talablarga javob berishga sub’ektiv tayyorligi muayyan O‘qituvchining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.

Shunisi muhimki, zamonaviy O‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xislatlarni batafsil ko‘rib chiqish kerak. Bu qanday xislatlar ekan?

Ko‘pchilik psixologlar, shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy O‘qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V.Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin, o‘zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar O‘qituvchilik kasbini atroflicha o‘rganib, ancha batafsil ko‘rsatib berish imkoniyatini yaratadi. Bunda gap O‘qituvchilik kasbining professiogramma (ma’lum tizimga keltirilgan, mehnat psixologik tomonidan o‘rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil ko‘rsatib berilgan hujjatga) professiogramma deyiladi. Professiogramma psixologik nuqtai nazardan ishlab chiqarish faoliyati xarakteristika (aniq birorta kasb bo‘yicha kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo‘gan mazmundagi barcha tomonlarini o‘z ichiga olishi kerak)si ustida boradi.

O‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan O‘qituvchiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim. Bo‘lajak O‘qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo‘yilishini bilish va shu asosida O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogika oliy O‘quv yurtlarida muayyan mutaxassislik bo‘yicha O‘qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir.

Bizning rahbarligimizda psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, E.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamroqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek tili va adabiyoti, o‘zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya O‘qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo‘yicha O‘qituvchi professiogrammasining tahminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.

Har bir mutaxassislik bo‘yicha O‘qituvchining iqtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, maktabning O‘qituvchi-murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlaridan borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda O‘qituvchining quyidagi xislatlari ko‘rsatib berishi lozim.

1) O‘qituvchining shaxsiy xislatlari:

-bolalarni yaxshi ko‘rish, ularni sevish;

-amaliy-psixologik aql-farosatlik;

-mehnatsevarlik;

-jamoat ishlarida faollik;

-mehribonlik;

-kamtarlik;

-odamiylik, dilkashlik;

-uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo‘lish;

-o‘z bilimini oshirishga intilish.

2) Kasbiga xos bilimi:

-ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;

-psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi;

-etnopsixologik bilimlarni egallash;

-hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;

-hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallanganligi;

-maktab yoshida bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi;

-o‘z fanini O‘qitish metodikasini bilishi;

-O‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi;

-ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi.

3) O‘z kasbiga xos xislatlari:

-milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini tushunishi;

-zamonaviy maktabda olib boriladigan O‘quv-tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an’analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi;

-O‘qituvchining kuzatuvchanligi;

-o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi;

-pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi;

-o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishi;

-o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi;

-pedagogik takt;

-nutqning emotsional ifodalanishi.

4) Shaxsiy – pedagogik uddaburonligi:

-dars mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;

-O‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;

-ta’lim va tarbiya jarayonida O‘quvchilar ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;

-pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi;

-bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoliyatini rejalashtirishni bilishi;

-O‘quv maqsadlarini rejalashtira olishi;

-o‘zining ta’lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi.

5) Tashkilotchilik malakalari:

-bolalar jamoasini uyushtira bilishi;

-turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;

-bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;

-amaliy masalalarni hal etishda o‘zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo‘llay olishi.

6) Kommunikativ malakalari:

-bolalarni o‘ziga jalb etishni bilishi;

-bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;

-bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o‘zaro munosabatlarni tartibga solishni bilishi;

-bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog‘lashni bilishi.

7) Gnostik malakalari:

-bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;

-o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;

-boshqa O‘qituvchilarning tajribalarini o‘rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to‘g‘ri xulosa chiqara olishi;

-psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;

-O‘quvchilarning to‘g‘ri tushunib, ularning xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi.

8) Ijodiy xislatlari:

-pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;

-O‘quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati;

-o‘zini O‘quvchi o‘rniga qo‘yib, bo‘lib o‘an hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;

-avallgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati;

-o‘zining O‘quvchiga pedagogik ta’sir natijalarini oldindan ko‘ra bilishga intilishi.

Shunday qilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi;

-shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo‘nalishi;

-pedagogik mahorat va qobiliyati;

-xarakterining psixologik xususiyatlari;

-bilish faoliyati;

-O‘qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.

Professiogramma yoshlarga o‘zlarining kelgusida O‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.

Professiogrammani kasbga xos ravishda O‘qitishni tashkil qilishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko‘nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog‘liq ekanligini albatta ko‘rsatish zarurdir.

Mana shu professiogrammaga asosan bo‘lajak mutaxassis – O‘qituvchilarning sifat jihatidan o‘z kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin.

Tayyorlangan O‘qituvchi shaxsining yuqoridagi ana shu talablarga mos kelish yoki kelmasligi oliy pedagogika maktablarining qanday O‘qituvchi tayyorgarligini ko‘rsatib beradi.

Pedagogik kasb, ma’lumki, har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Pedagogik faoliyatdan yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faoliyat bilan shug‘ullanishga moyil, oqibat natijada esa pedagogik qobiliyatga ega bo‘lgan kishilargina erisha oladi.

Qobiliyat – bu, kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishidir.

Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniqlab beradi. Pedagogik qobiliyatning tuzilishi qanday? Quyida bu masalani ko‘rib chiqamiz.

Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko‘pqirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko‘rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma’lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o‘rin egallaydigan qator komponentlar (tarkibiy qismlar)ni ajratib ko‘rsatish mumkin:

1.Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga O‘quv materiallarni aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib etkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg‘otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg‘ota oladigan qobiliyatlardir.

Didaktik qobiliyatlarga ega bo‘lgan O‘qituvchi zarurat tug‘ilganda qiyin O‘quv materialini osonroq, murakkabrog‘ini soddaroq, tushunish qiyin bo‘lganini tushunarliroq qilib O‘quvchilarga moslashtirib bera oladi. O‘qituvchining mana shu xislatlarini bilib olgan O‘quvchilar odatda: «O‘qituvchining eng muhim tomoni ham uning hamma narsani aniq,  ravshan va tushunarli qilib berishida-da. Bunday O‘qituvchining qo‘lida mazza qilib O‘qiging keladi»; «Unisi esa hech narsaga yaramaydigan O‘qituvchi, hech ham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «O‘quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq – mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday O‘qituvchilarni yoqtirmaymiz» – deydilar.

Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy mahorat shunchaki bilimlarni osonroq hammabop va tushunarli qilib O‘quvchilar ongiga etkazib berish qobiliyatinigina emas, balki, shu bilan birga O‘quvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish faolligini oqilona va mohirlik bilan boshqarib, ularni kerakli tomonga yo‘naltirib turishdan iborat qobiliyatni ham o‘z ichiga oladi.

Mana shu qobiliyatlar asosida O‘quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka (yo‘naltirish) yotadi. Qobiliyatli pedagog O‘quvchilarning tayyorlik darajasini, ularning taraqqiyot darajasini hisobga olgan holda bolalarning nimani bilishi va nimani bilmasligini, nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini tasavvur qila oladi.

Ko‘pchilik O‘qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz O‘qituvchilarga, O‘quv materiali oddiygina va hech qanday alohida tushuntirish hamda izoh berishni talab qilmaydigandek tuyuladi.

Bunday O‘qituvchilar O‘quvchilarni emas, balki birinchi galda o‘zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun ham O‘quv materialini o‘ziga qarab tanlaydilar. Qobiliyatli, tajribali O‘qituvchilar esa o‘zlarini O‘quvchi o‘rniga qo‘yib, kattalar uchun aniq, ravshan va tushunarli bo‘lgan material O‘quvchilar uchun noaniq va tushunarsiz bo‘lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo‘ladilar. Shuning uchun ham bunday O‘qituvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usullarini alohida o‘ylab ko‘rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayonida qobiliyatli O‘qituvchi uchun O‘quvchilarning qanday tushunayotganliklari va zarur bo‘lganda dars bayonotiga alohida e’tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilariga qarab to‘g‘ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.

Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko‘ra bilish xarakteridagi matnda O‘qituvchining fikri ayrim sinf O‘quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko‘rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan so‘ng esa matnni O‘quvchilarga engil va ularning o‘zlashtirishlari uchun qulay qilib tuzish tavsiya etiladi.

Qobiliyatli O‘qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o‘zlashtirish, O‘quvchilarga bir oz nafas olib o‘zlariga kelib olishlari va o‘z diqqat-e’tiborlarini bir joyga qo‘yib, ayrim qo‘zg‘alishlarni «so‘ndirib», boshqalarni esa jadallashtirib, ularning bo‘shashganligini, sustligini va loqaydligini engishlari uchun zamin tayyorlash zarurligini ham nazarda tutadi. Bunday O‘qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars O‘quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishning vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi va O‘qituvchining so‘zlari etarlicha idrok qilinmaydi.

2.Akademik qobiliyatlar – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir.

Qobiliyatli O‘qituvchi o‘z fanini faqat hajmidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, O‘quv materialini mutloqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo‘lsada tadqiqlt ishlarini olib boradi.

Ko‘pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, O‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish, O‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli, keng eruditsiyali (bilimdon) odam bo‘lmog‘i lozim.

Bunday O‘qituvchilar haqida O‘quvchilar: «Mahmud aka xuddi professorning o‘zginasi-ya. Biz uning bilmagan birorta sohasi bormikin deb tez-tez o‘ylab turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba’zan O‘quvchilar o‘z O‘qituvchisi haqida «Baqir-chaqir qiladi-yu, ammo zarracha bilimi yO‘q» deb butunlay teskarisini aytsalar, juda alam qiladi.

3.Pertseptiv qobiliyatlar – bu O‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, O‘quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog‘liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.

Qobiliyatli O‘qituvchi bolalarning har qanday mayda-chuyda xatti-harakatlarida, yorqin ifodalanadigan ayrim tashqi xolatlarida hamda ularning ichki dunyosida yuzaga keladigan o‘zgarshlarni sezdirmasdan bilib oladi. Ana shunday hollarda O‘quvchilar: «Muhabbat opa kimningdir kayfiyatida o‘zgarishlar bo‘lsa yoki kimdir darsga tayyorlamasdan kelgan bo‘lsa ko‘ziga qaraboq bilib oladi», «Bizning O‘qituvchimiz hech qayoqqa qaramasa ham, hamma narsani ko‘rib turadi» deydilar.

4.Nutq qobiliyati – kishining o‘z tuyg‘u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu O‘qituvchidan O‘quvchilarga uzatiladigan axborot asosan ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi. («Biz uchun adabiyot O‘qituvchimiz – Nazira opaning darsini eshitishdan katta lazzat yO‘q. Nazira opamlar shu qadar yaxshi va chiroylik qilib gapiradilarki, hatto tanaffusga chalinadigan qo‘ng‘iroq ham halaqit beradi»).

Darsda qobiliyatli O‘qituvchining nutqi hamma vaqt O‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi materialni tushuntiradimi, O‘quvchilar javobini sharhlab beradimi, O‘quvchilar javobini, ularning xatti harakatlari yoki xulq atvorini ma’qullaydimi yoki tanbeh beradimi, xullas nima qilishidan qa’tiy nazar nutqi hamma vaqt o‘zining ishonchliligi, jozibadorligi kabi ichki quvvat bilan alohida ajralib turishi lozim. O‘qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq ravshan, oddiy va O‘quvchilar uchun tushunarli bo‘ishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda O‘quvchilarning fikru zikri va diqqat e’tiborini yuqori darajada faollashtiradigan bo‘lsin. Buning uchun esa O‘qituvchi o‘rtaga savol tashlab, asta sekinlik bilan O‘quvchilarni to‘g‘ri javobga olib keladi, O‘quvchilarning diqqat e’tiborini faollashtiruvchi («Bunda ayniqsa ziyrak bo‘ling!», «O‘ylab, yana o‘ylab ko‘ring!») kabi so‘z va iboralarni o‘z me’yorida ishlatadi.

O‘qituvchi uzun jumlalarni, murakkab og‘zaki izohlarni, qiyin atamalarni va zarurati bo‘lmasa, turli ta’riflarni ishlatmasligi lozim. Shu bilan birga O‘qituvchi shuni ham hisobga olishi kerakki, O‘qituvchining lo‘nda-lo‘nda bo‘lib chiqqan qisqa nutqi ko‘p hollarda O‘quvchilarga tushunarsiz bo‘lib qolar ekan. O‘qituvchining o‘z o‘rnida ishlatiladigan hazil aralash va xayrixohlik bildiruvchi arzimagan kinoyali nutqi O‘quvchilarni juda jonlantirib, O‘quvchilar tomonidan o‘ta yaxshi qabul qilinar ekan.

Qobiliyatli O‘qituvchining nutqi jonli, obrazli, aniq-ravshan intonatsiyali va ifodali, emotsiyaga boy, dona-dona bo‘lib, bunda stilistik va grammatik xatolar mutlaqo bo‘masligi lozim. Bir xil ohangdagi ezma nutq O‘quvchilarni juda tez toliqtirib, ularni zeriktiradi va behafsala qilib qo‘yadi. Bu bilan birga bunday nutq I.P.Pavlovning fiziologik ta’limotiga ko‘ra, doimiy ta’sir etuvchan qo‘zg‘ovchiga aylanib, bosh miya katta yarim sharlari po‘stida tormozlanish jarayonini yuzaga keltirib, O‘quvchini ezma va uyquchan qilib qo‘yadi. Nutq tezligi ko‘p jihatdan O‘qituvchining individual psixologik xususiyatiga bog‘liq. Ayrim O‘qituvchilar tez gapirsalar, boshqalari sekin gapiradilar. Ammo O‘qituvchi O‘quvchilarning bilimlarini egallab olishlari uchun eng qulay tezlikdagi nutq – o‘rtacha jonli nutq ekanligini esdan chiqarmasligi lozim.

Shoshqaloq nutq bilim o‘zlashtirishga halaqit berib, bolalarni tez toliqtiradi va muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. O‘ta sekin nutq lanjlik va zerikishga olib keladi. Nutqning balandligi – qattiq gapirish ham huddi shu singari hollarga olib keladi. Haddan tashqari qattiq, keskin, baqirib gapirish O‘quvchilarning asabiga tegib, ularni tez toliqtirib muhofaza qiluvchi tormozlanishini yuzaga keltiradi. Mana shu erda sharq mutafakkirlaridan Nosriddin Tusiyning «… O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘ishi mumkin emas. Dars paytida O‘qituvchining o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin…» degan nasihatini keltirishimiz juda o‘rinli bo‘lardi. O‘qituvchining bo‘sh, past ovozi yomon eshitiladi. Nutqi, imo-ishoralar, turli keskin harakatlar O‘quvchilarni jonlantiradi. Bu tariqa imo-ishoralar va harakatlar tajribali O‘qituvchilarda o‘z me’yorida ishlatiladi. Lekin bir xildagi tinimsiz harakatlarning haddan tashqari ko‘p bo‘lishi kishining asabiga tegadi.

5.Tashkilotchilik qobiliyati – bu birinchidan, O‘quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o‘zining shaxsiy ishini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir. O‘quvchilar o‘z O‘qituvchilari haqida turlicha fikrda bo‘ladilar. Jumladan ayrim O‘quvchilar: «…Biz Azim akani juda yaxshi ko‘ramiz. Ular sinfimizda bir vaqtning ichida, juda tezlik bilan ishchanlik kayfiyatini uyushtirib, barchamizning o‘zining puxtaligi, ozodaligi epchilligi va tadbirkorligi bilan hayratda qoldiradilar» desalar, ayrim O‘quvchilar: «Sobir akamlar bizning ixlosimizni qaytarib, xafsalamizni bir pul qiladilar. Ular ko‘p ishga urinadilaru, ammo birortasini ham oxiriga etkazmaydi…» deydilar. Ba’zan ayrim O‘quvchilarning o‘z O‘qituvchisi haqida: «…Nodira opamlar biz bilan xuddi ona tovuqdek ovora bo‘ladilar. Agar biz sho‘xlik qila boshlasak, ular o‘zlarini ko‘rmaslikka, payqamaslikka solardilar. Ajoyib ayol edi-yu, ammo uning darsida hech kim hech narsa qilmas edi-da…» degan fikrlarni ham eshitish mumkin.

O‘qituvchining o‘z ishini tashkil qila bilish deganda uning o‘z ishini to‘g‘ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali O‘qituvchilarda vaqtga nisbatan o‘ziga xos sezuvchanlik – ishni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab, mo‘ljallangan vaqtdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Dars davomida, albatta, ko‘p hollarda vaqtni behuda yO‘qotish ham mumkin. Lekin bu yO‘qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan holarda bo‘lishi mumkin. Tajribali O‘qituvchilar vaqtni seza bilishni o‘rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo ko‘zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday qo‘shimcha materiallarn tayyorlash yoki vaqt etmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.

6.Avtoritar qobiliyati – bu O‘quvchilarga bevosita emotsional – irodaviy ta’sir etib, ularda obro‘ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir. (Garchan O‘qituvchining o‘z fanini mukammal bilishi, sezgirli va xushmuomalaligi asosida qozoniladi).

Avtoritar qobiliyat O‘qituvchining rostgo‘yligi, irodaviy uddaburonligi, o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy xislatlarga, shu bilan birga O‘quvchilarni ta’lim tarbiyasida javobgarlikni his etish, uning e’tiqodi, o‘kuvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi xislatlarga ham bog‘liqdir.

O‘quvchilar (ayniqsa o‘g‘il bolalar, o‘spirinlar – buni alohida ta’kidlab o‘tishi kerak) talab qilishni biladigan, O‘quvchilarni majbur qilmagan va dO‘q po‘pisa qilmagan, shu bilan birga behuda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymagan holda o‘z aytganini qildira oladigan O‘qituvchilarni juda hurmat qiladilar. Shu munlosabat bilan O‘quvchilarning O‘qituvchilar haqida ayrim fikrlarini misol qilib keltiramiz:

«Uning ajoyib hislati bor – u xech qanday zarda va baqiriq, chaqiriqsiz ishlay oladi»; «Biz uni jiddiyligi, vazminligi va talabchanligi uchun juda yaxshi ko‘ramiz. U hamma vaqt shunchaki muloyimgina sipogina talab qiladi, ammo uning talabi shu qadar ta’sirchanki, unga quloq solmaslik mumkin emas»; «Bizning matematika O‘qituvchimiz hamma vaqt yuvosh, osoyishta, o‘zini tutgan va shu bilan bir qatorda butun sinfga ajoyib ta’sir eta oladi»; «Kimyo O‘qituvchimizning obro‘siga e’tibor etmay ko‘ringchi, u har qanday sharoitda ham o‘z aytganiga erishadi»; «Nig‘mat aka bizga ustunlik bilan ta’sir etadi. U hadeb talab qilavermaydi agar talab qiladigan bo‘salar unda bo‘yin tovlab bo‘lmaydi», yoki O‘quvchilarning o‘ O‘qituvchilari haqidagi mana bunday fikrlari: «Polvon aka maktabimizdan ketganiga biz xursand bo‘ldik. U bizni dO‘q po‘pisa, baqiriq-qichqiriq, buyruqbozlik bilan qo‘lga olaman deb o‘ylardi-yu, ammo bizni bardosh berishgagina majbur etardi, xolos».

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning maktab ta’limi jarayonida olib borilayotgan ishlarning ahvoli to‘g‘risida juda achinib aytgan fikrlarini keltirish o‘rinli bo‘lur edi: «Mabodo biror O‘quvchi O‘qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi jarayonda O‘qituvchi hukumron. U boladan faqat o‘zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi, printsip ham tayyor: «mening aytganim – aytgan, deganim – degan».

Shu bilan bir qatorda O‘quvchilar O‘qituvchining bo‘shligi, landavurligi, laqmaligi, soddalarcha ishonuvchanligi, sustkashligi ortiqcha riyogarchiligi, irodasizligi kabi xislatlarni baralla qoralaydilar: «yaxshi odamu, lekin o‘ta bo‘sh: uni aldab ketish hech gap emas»; «Tushunib bo‘maydi: birda juda qattiqqo‘l, talabchan, ba’zan hech qanday talab degan narsa yO‘q»; «Juda bo‘shang, lanj: uni ko‘rishing bilan uyqing keladi»…

7.Kommunikativ qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, O‘quvchilarga yondashish uchun to‘g‘ri yo‘l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.

Pedagogik takt psixologiyasini o‘rganishda psixolog I.V.Straxov benihoyat katta hissa qo‘shgan. Uning fikricha bunda muhimi – O‘quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo‘llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, O‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.

Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri – har qanday pedagogik ta’sirga nisbatan qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni (rag‘batlantirish, jazolash, pand-nasihat) his eta bilishdan iboratdir. Farosatli O‘qituvchi bolalarga e’tibor berib ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi. «U biz bilan hayron qolarli darajada ajoyib yaqin do‘stlarcha yaqin munosabatda bo‘ladi»; «Bizning tarix O‘qituvchimizning kuchli tomoni – har kimga qanday yondoshishini bilar edi»; «Eng yomoni – O‘qituvchining O‘quvchilar oldida xushomadgo‘ylik qilishidir. Bizning zoologiya O‘qituvchimiz Farida opamlar shundaylardan edi: ular nimaiki qilib bo‘lsa-da, u bolalarni o‘ziga qaratish uchun xushomadgo‘ylik qilardi! Nega ular o‘zlarini shunchalik kamsitib erga uradi? deb o‘ylar edim. Axir ular o‘z fanini yaxshi bilardiku»; «Ibroxim aka esa, qarabsanki, hech narsadan – hech narsa yO‘q, kishi diliga ozor berar, tushirib qolar yoki behudaga urishib, koyib berar edi».

Pedagogik taktning yO‘qligi ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib keladi. Toshkent maktablaridan birida ona tili va adabiyot O‘qituvchisi O‘quvchilarga juda ko‘p talablarni qo‘yganu, ammo hech qanday izchilik bilmagan: bir vazifa berib turib, shu zahotiyoq boshqa talablarni qo‘ya boshlagan. Arzimagan xatolar, tartib buzishlar ro‘y bersa, shu zahotiyoq mazmunan va shakl jihatidan o‘ta qo‘pol va alam qiladigan keskin gaplarni qilib, «2» qo‘yardi. Masalan, daftarning chetida qoldirilgan joyning xatoligi yoki intizom buzganlik kabi va arzimagan narsalar uchun yopishgani-yopishgan edi. O‘qituvchining bu hatti harakatlari uchun O‘quvchilarda dard, alam to‘lib toshgandi. Ko‘p o‘tmay O‘quvchilarning noroziligi va qat’iy e’tirozi ochiqdan-ochiq namoyishkorona bildirilib, O‘qituvchiga quloq solmaydigan, ataylab intizom buzadigan va O‘qituvchini keskin tanqid qiladigan bo‘lib qoldilar. Bunday achinarli ahvol faqat ana o‘sha O‘qituvchi maktabdan ketgandan keyingina tuzatildi.

O‘qituvchining pedagogik takti masalasi munosabati bilan shuni ham aytish joyizki, qachon O‘quvchilar O‘qituvchining ijobiy xislatlari to‘g‘risida gapirar ekanlar, ular hamisha O‘qituvchining adolatliligi kabi xislatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadilar.

«Ko‘p hollarda nohaq ish qiladilar – biror masalani yaxshilab tekshirib ko‘rmasdan ish tutadilar». O‘qituvchining  bunday xislatiga O‘quvchilar nechukdir achinishli talabchanlik munosabatida bo‘ladilar. O‘qituvchining adolatsizligi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu to‘g‘rida har qaysimiz maktab amaliyotidan qandaydir tasavvurga egamiz.

8.Pedagogik hayol – bu kishining O‘quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda o‘z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat O‘qituvchi ma’lum O‘quvchidan kelgusida kim chiqishini ko‘z oldiga keltirishda, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarni o‘sib rivojlanishi oldindan ko‘ra bilishida namoyon bo‘ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, O‘quvchilarga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham O‘quvchilar ayrim O‘qituvchilar to‘g‘risida: «Ahmad akamlar, chamasi ichimizdagi eng yaramaslarga ham ishonchlarini yO‘qotmasdilar, shuning uchun ham biz ularni hurmat qilardik» degan fikrlarni izhor qiladilar.

9.Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – bu qobiliyat bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‘lib, O‘qituvchi ishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.

Qobiliyatli, tajribali O‘qituvchi o‘zining diqqat-e’tborini O‘quv materialini qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o‘z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki O‘quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o‘zida barcha O‘quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan-toliqmaganligiga, e’tiborli yoki e’tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, O‘quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o‘zining shaxsiy xulq-atvoriga (yurish-turishiga, o‘zini tutishiga, mimika va pontamimikasiga) e’tibor beradi. Tajribasiz O‘qituvchi, ko‘pincha O‘quv materialini bayon etishga berilib ketib, O‘quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib qo‘yadi, agar, bordiyu, O‘quvchilarni diqqat e’tibor bilan kuzatishga harakat qilsa, bunday hollarda o‘z bayonotining izchilligini yO‘qotib qo‘yadi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlardan tashqari, O‘qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator ijobiy xislatlariga ega bo‘lishi lozim.

U O‘quvchilarni tarbiyalar ekan, o‘zining xulq-atvori, yurish-turishi, xullas, butun O‘qituvchilik shaxsi bilan O‘quvchilarga o‘rnak bo‘lishi kerak.

O‘qituvchining o‘zini qo‘lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa qilib, shuni aytish joyizki, O‘qituvining barcha ijobiy, umuminsoniy axloq me’yorlariga mos keluvchi xislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi xislatlarini olib qaraydigan bo‘lsak, bularning barchasi ham o‘ta muhim omillardir. Jumladan, O‘qituvchining tashqi qiyofasi uning obro‘si shakllanishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta-saramjonligi, sipogarchiligi, uning qiliqlari, o‘zining chiroylik tutishi, qaddi-qomati va yurish-turishlari O‘quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi. Jumladan, O‘quvchilarning «Farida opani nechuk yaxshi ko‘rmaysan, ular har doim shu qadar xushchaqchaq, ozoda, sarishta-saranjomlar-ku!?» yoki «Noila opa maktabda emas, balki teatrda ishlab, tomosha ko‘rsatishi kerak – chunki ularning turqi-qiyofasi, yurish-turishi yasama, soxta» degan fikrlarni olishimiz mumkin.

Muhim davlat vazifasini – «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirayotgan zamonaviy maktab O‘qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib-rivojlana boradi.

Hozirgi jamiyatimizda O‘qituvchining mustaqil ravishda bilimlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi – bir tomondan O‘qituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi – chunki bu kechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi

Psixologik nuqtai nazardan O‘qituvchi doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish bilan shug‘ullanishi zarurdir. Chunki O‘qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog hamma vaqt odamlar orasida bo‘larkan, u birinchidan, odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, O‘qituvchidagi bu tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, O‘qituvchining o‘zi axborotlar olish uchun O‘quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt imkoniyatiga ega: uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi.

O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi deganda uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to‘ldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng miqiyosda doimo yangilab borishi tushuniladi.

Odatda aksariyat O‘qituvchilar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar.

Buning motivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida O‘qituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar O‘qituvchilarni qanday O‘qitib va qanday tarbiyalash kerak degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi.

Shu bilan birga yaqqol ko‘zga tashlanib turgan ayrim hollardan ko‘z yuma olmaymiz. Masalan O‘qituvchilar ommasining ma’lum qismi mustaqil izlanishda bo‘lib, o‘z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug‘ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba’zilar muayyan bilimlar sohasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmoqdalar. Bunday O‘qituvchilar o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar.

Bu muammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga tushadi. Respublikamizda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlarining tarmoqlari joriy etilgan. Bular viloyatlardagi xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlari, Toshkent xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish instiuti va Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish Markaziy institutidir.

Xalq ta’limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda O‘qituvchi kadrlarning malakasini oshirish, O‘qituvchi kadrlarni o‘zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko‘nikma, malakalarini, ma’naviyat va ma’rifatini, shu bilan bir qatorda iqtisodiy ekologik va huquqiy ma’lumotni oshirishga da’vat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir.

O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirish pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir.

Sharq mutafakkirlari O‘qituvchi o‘zi O‘qib tursagina – O‘qituvchi bo‘la oladi, agar u O‘qishni to‘xtatib qo‘yar ekan, unda O‘qituvchilik ham o‘ladi, deb juda haqqoniy aytganlar.

Bu haqiqatni yoshi qancha bo‘lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qat’iy nazar barcha O‘qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim.

Takrorlash uchun savollar:

  1. Jamiyatda O‘qituvchining tutgan o‘rni va vazifalarini yoritib bering.
  2. Zamonaviy O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarni eslating.
  3. O‘qituvchi va O‘quvchilar orasidagi o‘zaro munosabatlarini asoslab bering.
  4. O‘qituvchining pedagogik qobiliyatlari haqida tushuncha bering.
  5. O‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishning psixologik muammolariga izoh bering.


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив