Nevrologiya Umumiy amaliyot vrachlari uchun
Umumiy amaliyot vrachlari uchun mo‘ljallangan ushbu qo‘llanmada eng ko‘p uchraydigan nevrologik sindromlar va kasalliklar o‘rin olgan. Ularning etiologiyasi, klinikasi, tashxis qo‘yish, davolash va profilaktika usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan. UAV bilishi zarur bo‘lgan nevrologik tekshirish usullari izohli rasmlar bilan ko‘rsatib o‘tilgan, tashxis qo‘yish algoritmi va o‘tkir holatlar nevrologiyasiga alohida urg‘u berilgan. Barcha sindrom va kasalliklar alfavit bo‘yicha (A dan Ya gacha) yoritilgan. Bu esa zarur ma’lumotlarni topishni osonlashtiradi. Qo‘llanma so‘ngida nevrologik va psixologik shkalalar hamda normal laboratoriya ko‘rsatkichlari o‘rin olgan. Farmakologik dorilar dozasi, nojo‘ya ta’sirlari va monelik qiluvchi holatlar halqaro davolash standartlari ko‘rsatmalariga asoslanib tuzilgan.
Ushbu qo‘llanmadan UAV bilan bir qatorda nevropatologlar, terapevtlar, psixiatrlar, pediatrlar, reanimatologlar, “tez yordam” tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi vrachlar, tibbiyot institutlarining yuqori kurs talabalari va klinik ordinatorlar ham foydalanishlari mumkin.
NEVROLOGIYa Umumiy amaliyot vrachlari uchun kitob
Nevrologiya Umumiy amaliyot vrachlari uchun kitob PDF to‘liq versiyasi