Yangiliklar Yangiliklar Buxoro va Samarqand shaharlarida aholiga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishga oid o‘tkazilgan tadbirlar

Buxoro va Samarqand shaharlarida aholiga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishga oid o‘tkazilgan tadbirlar


 26 aprel 2019 yil: Buxoro Davlat tibbiyot institutida “Klinik psixologiya” fakulteti ochilishi rejalashtirilgan. Rektor A.Sh. Inoyatov taklifiga binoan Toshkent tibbiyot akademiyasidan ushbu ilm dargohiga tashrif buyurdik. 2019 yil 26 aprel kuni “Tibbiy psixologiya va psixosomatik tibbiyotning dolzarb muammolari” ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanni BuxTI nevrologiya, psixiatriya va tibbiy psixologiya kafedrasi mudirasi, t.f.n., dots Xodjaeva D.T. ochib berdi va nutq so‘zladi. Anjumanda BuxTI nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi doktoranti Sanaeva M.J. ham neyropsixologiyaga oid ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Anjuman talaba va o‘qituvchilarda katta ta’sirot qoldirdi. Ushbu tadbirga yaqindan yordam bergan BuxDavTI Ilmiy ishlar bo‘limi boshlig‘i dots. Quchqorov U. I. ga o‘z minnatdorlik bildiramiz.

27 aprel 2019 yil: Buxoro Davlat Universitetida rektor Z.O. Hamidov tashabbusi bilan “Suitsidologiyaning dolzarb muamolari” to‘g‘risida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro viloyati hokim muovini J. Nosirov, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F. Ibragimova, Toshkent tibbiyot akademiyasi professori Z. Ibodullaev, BuxDU psixologiya kafedrasi mudiri Sh. Barotov, viloyat manaviyat bo‘limi rahbari, Sh. Ismatov, “Oila” markazi rahbari A. Xuseynova, viloyat IIV kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z, Elov lar ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi. Anjumanda 300 dan oshiq vakil qatnashdi. Z.Ibodullaev “Suitsid sabablari va uning profilaktikasi” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

29 aprel 2019 yil: Samarkand Davlat tibbiyot institutida ham “Suitsidologiyaning dolzarb muammolari” ga bag‘ishlab talaba va o‘qituvchilar bilan mahorat darsi o‘tkazildi. Biz institut rahbariyati va bu ishning ijrosini ta’minlab bergan nevrologiya, psixiatriya va tibbiy psixologiya kafedrasi assistenti Karshiev Ziyodulloga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Toshkent tibbiyot akademiyasi
professori Ibodullaev Z.R.

Fotolavxalar:

          

Samarkand. 29 aprel 2019 yil.  Buxoro. 27 aprel 2019 yil.            Buxoro, 27 aprel

Zarifboy Ibodullaev shogirdi     «Suitsidologiyaning dolzarb        «Suitsidologiyaning

Ziyodullo Qarshiev bilan.           muammolari» ilmiy-amaliy         dolzarb muammolari»

                                                            anjuman                 ilmiy-amaliy anjuman

            

Buxoro tibbiyot institutida            Prof. IbodullaevZ.R.            Prof. Ibodullaev Z.R., prof.             

  Prof. IbodullaevZ.R.                 dots. Xodjaeva D.T.,               Barotov Sh.R., dots. Muxtorov          

                                                  dots. Qo‘chqorov U,I.              E.M., Ismatov Sh.

                                                      Qo‘chqorov U,I.         



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив