Test – O‘Z ShAXSINGIZNI BILASIZMI?
ShAXSNI ANIQLASh UChUN AYZENK ShKALASI
Ayzenk shkalasi (savolnomasi) ekstraversiya–intraversiya va neyrotizm darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ekstraversiya-intraversiya va neyrotizm shaxsning tug‘ma xususiyatlaridir. Ekstravertlar hulq-atvori ko‘proq tashqariga yo‘naltirilgan bo‘ladi, ular o‘z xis-tuyg‘ularini boshqalar bilan baham ko‘rib yashashadi, hamma bilan kirishib ketishadi, o‘ziga ishongan bo‘lishadi, ko‘p do‘st orttirishga intilishadi, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olmaydi va ko‘p gapirishga moyil bo‘lishadi. Intravertlarda buning teskarisini ko‘rish mumkin, ya’ni ular kamgap, o‘z ichki dunyosini va his-tuyg‘ularini birov bilan baham ko‘rmaydigan, do‘stlari kam, tashqi tomondan faqat o‘ylanib yuradigan odamni eslatuvchi shaxslardir. Neyrotizm esa hissiyotga beriluvchanlikni, ortiqcha xavotirni, doimo tarang holatda yurishni va depressiyaga moyillikni belgilab beruvchi shaxs ko‘rsatkichidir. Ushbu shkala yordamida sinaluvchining temperamentini ham aniqlash mumkin.
Ayzenk shkalasi 57 ta savoldan iborat bo‘lib, ulardan 24 ta savol ekstraversiya–introversiya shkalasi bilan, 24 ta savol neyrotizm shkalasi bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgan 9 tasi Yo-shkalasi bo‘lib, sinaluvchining savollarga aldamasdan naqadar to‘g‘ri javob berganligini ko‘rsatadi.
Ko‘rsatma: «Siz quyidagi savolnomani o‘qib ularga javob berishingiz lozim. Ularga “Ha” yoki “Yo‘q” deb javob bering, fikringizga kelgan birinchi javobni yozing, Ular ustida uzoq o‘ylab o‘tirmang, chunki ushbu savollarga Sizning dastlabki reaktsiyangiz muhim. Chunki to‘g‘ri va noto‘g‘ri javobning o‘zi yo‘q, bu erda bor-yo‘g‘i Sizning shaxsingiz aniqlanadi xolos».
Ayzenk shkalasi savolnomasi
Sizda o‘zingizni chalg‘itish uchun yangi ta’sirotlarga sho‘ng‘ish va kuchli hayajonli sinovlardan o‘tish istagi tez-tez paydo bo‘ladimi?
Sizni tushunadigan, ma’qullaydigan va kechinmalaringizga hamdard bo‘ladigan do‘stlarga zarurat hissi tez-tez paydo bo‘ladimi?
O‘zingizni g‘am-tashvishsiz odam deb hisoblaysizmi?
Sizga o‘z niyatingizdan voz kechish juda qiyinmi?
Siz qilmoqchi bo‘lgan ishlaringizni shoshmasdan o‘ylab ko‘rasizmi va ularga kirishishdan oldin biroz kutib turishni ma’qul topasizmi?
Siz har doim ham va’dangizda tura olasizmi, garchi buning Sizga foydasi bo‘lmasada?
Sizda kayfiyatning birdan tushib va oshib ketishi tez-tez bo‘lib turadimi?
8. Siz ishga tez kirishib va odamlar bilan tez suhbat qurib keta olasizmi, o‘ylab olishga ko‘p vaqt sarflamaysizmi?
Sizda jiddiy bir sabab bo‘lmasa-da, baxtsizlik hissi paydo bo‘lganmi?
Baxslashib ketish uchun hamma narsaga tayyorligingiz rostmi?
O‘zingizga yoqqan ayol (erkak) bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz xijolat tortasizmi?
Siz g‘azablansangiz o‘zingizni qo‘yarga joy topa olmay qolasizmi?
Keskin vaziyatlarda o‘ylamasdan biror ishga qo‘l urasizmi?
Shuni qilmasligim yoki gapirmasiligim kerak edi, degan xayollar Sizni tez-tez bezovta qiladimi?
Siz odamlar bilan uchrashgandan ko‘ra kitob o‘qishni afzal ko‘rasizmi?
Sizning nafsoniyatingizga tegish juda osonligi rostmi?
Siz tez-tez odamlar orasida bo‘lishni yoqtirasizmi?
Sizga ba’zan “Buni birovlarga aytishni xoxlamasdim” degan fikr keladimi?
Sizning ba’zan katta kuch-quvvatga to‘lib toshishingiz va kuchli lanjlik xis qilishingiz rostmi?
Siz o‘z tanishlaringiz sonini eng yaqin do‘stlaringiz bilan chegaralashga intilasizmi?
Siz ko‘p orzu qilasizmi?
Sizga baqirishsa, Siz ham shunday javob qaytarasizmi?
Siz o‘z odatlaringizni yaxshi deb hisoblaysizmi?
Sizda aybdorlik hissi tez-tez paydo bo‘lib turadimi?
Siz ba’zan o‘z xis-tuyg‘ularingizga erk berishga va g‘am-tashvishsiz do‘stlar davrasida o‘ynab-kulishga qodirmisiz?
Sizning asabingiz o‘ta taranglashgan desa bo‘ladimi?
Sizni chaqqon va quvnoq odam desa bo‘ladimi?
Siz ishni bajarib bo‘lganingizdan so‘ng, “Uni bundan ham yaxshiroq qilishim mumkin edi”, degan fikrga tez-tez borasizmi?
Siz katta davralarda o‘zingizni notinch his qilasizmi?
Sizda gap tashib turishlar bo‘ladimi?
Sizni har xil fikrlar bezovta qilaverib uxlay olmay chiqasizmi?
Agar Siz nimanidir bilib olmoqchi bo‘lsangiz, uni do‘stlaringizdan so‘ragandan ko‘ra kitobdan o‘qib topishni afzal ko‘rasizmi?
Sizda kuchli yurak urishlari kuzatilib turadimi?
Sizga diqqatni bir joyga to‘plashni talab qiladigan ishlar yoqadimi?
Sizda titrab ketish kuzatiladimi?
Siz hamma vaqt ham haqiqatni gapirasizmi?
Bir-birining ustidan xazillashib o‘tiradigan davralarda bo‘lib qolsangiz xijolat chekasizmi?
Siz jaxldormisiz?
Tez harakat qilishni talab qiluvchi ishlar Sizga yoqadimi?
Hammasi yaxshilik bilan tugagan bo‘lsa-da, Siz bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli xil yoqimsiz va qo‘rqinchi voqealar haqidagi xayollar Sizga tinchlik bermasligi rostmi?
Sizning bamayxilotir va kamharakat odam ekanligingiz rostmi?
Siz qachondir ishga yoki uchrashuvga kech qolganmisiz?
Tez-tez yomon tushlar ko‘rasizmi?
Siz gaplashib olishni shu qadar yaxshi ko‘rasizki, birorta qulay vaziyatni boy bermaysiz. Shu rostmi?
Sizning qandaydir og‘riqlar bezovta qiladimi?
Agar do‘stlaringiz bilan uzoq vaqt uchrashmasangiz dilingiz siyoh bo‘ladimi?
Siz o‘zingizni asabi tarang odam deb hisoblaysizmi?
Tanishlaringiz orasida Sizga sira ham yoqmaydiganlari bormi?
Men o‘zimga ishongan odamman deb ayta olasizmi?
Sizning kamchiliklaringiz yoki ishingizni tanqid qilishsa tutoqib ketasizmi?
Sizga ko‘p odam qatnashadigan tadbirlardan haqiqiy qoniqish his qilish juda qiyinmi?
Mening boshqalardan kamchiligim bor degan fikr Sizni bezovta qiladimi?
Zerikarli davralarga jon kirgizish qo‘lingizdan keladimi?
Umuman aqlingiz etmaydigan narsalar haqida gapirgan vaqtlaringiz bo‘lganmi?
Sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘urasizmi?
Birovlar ustidan xazillashishni yoqtirasizmi?
Sizni uyqusizlik bezovta qiladimi?
TEKShIRUV PROTOKOLI
Familiyasi va ismi ……………………………………….. yoshi……
Ma’lumoti …………………….
Javob varaqasi
Olingan natijalar tahlili. Savolnomaga javob berib bo‘lingandan so‘ng, savolnoma kaliti yordamida E — ekstraversiya, N — neyrotizm, Yo — yolg‘on ko‘rsatkichlari bo‘yicha shaxs xususiyatlari aniqlanadi.
Kalit
Ekstraversiya – introversiya:
«Ha» (+): 1, 3, 8, 10, 13, 17, 22, 25, 27, 39, 44, 46, 49, 53, 56.
«Yo‘q» (─): 5, 15, 20, 29, 32, 34, 37, 41, 51.
Neyrotizm:
«Ha» (+): 2, 4, 7, 9, 11, 14, 16, 19, 21, 23, 26, 28, 31, 33, 35, 38,
40, 43, 45, 47, 50, 52, 55, 57.
«Yolg‘on shkalasi»:
«Ha» (+): 6, 24, 36.
«Yo‘q» (─): 12, 18, 30, 42, 48, 54.
Kalit bilan mos tushgan javoblarga 1 ball qo‘yiladi.
1. Ekstraversiya–intraversiya: 11–12 ball – o‘rta ko‘rsatkich, ya’ni ekstravert ham emas, intravert ham emas; 15 ballga teng yoki undan yuqori bo‘lsa ekstravert; 19 ballga teng yoki undan yuqori bo‘lsa – yaqqol ekstravert; 9 ballga teng yoki undan kam bo‘lsa – introvert; 5 ballga teng yoki undan kam bo‘lsa – yaqqol introvert.
2. Neyrotizm: 9-13 ball – neyrotizmning o‘rta darajasi, 14-15 ball – – neyrotizmning yuqori darajasi, 16-19 ball – neyrotizmning juda yuqori darajasi va nihoyat 7-8 ball va undan kam bo‘lsa – neyrotizmning pastki darajasi.
3. Yolg‘on darajasi: 4 ballga teng yoki undan past – bu norma, 4 balldan ko‘p bo‘lsa – javoblar namoyishkorona sun’iy to‘qilgan, ya’ni o‘zini ko‘rsatishga harakat qilayapdi.
Olingan natijalarga asoslanib sinaluvchining shaxsi o‘rganiladi va xulosa yoziladi. Sinaluvchida shaxsning qaysi xususiyati, ya’ni ekstraversiya, intraversiya, neyrotizm ko‘proq namoyon bo‘lganligini va uning temperamenti aniqlanadi. Ko‘rsatkichlar normadan farq qilsa, sinaluvchiga o‘z shaxsi ustida o‘ylab ko‘rish tavsiya etiladi.
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Yangiliklar" bo‘limi bo‘yicha