Interpersonal psixoterapiya
Shaxslararo (interpersonal) psixoterapiyainsonningkayfiyati bilan uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit orasida bog‘liqlik izlaydi. Shaxslararo kelishmovchiliklar, individning ijtimoiy muhitga ko‘nikib ketishiga to‘sqinlik qilayotgan, uni xavotirga solayotgan, kayfiyatini buzayotgan va salbiy hissiy kechinmalarga cho‘ktirayotgan vaziyatlar birgalikda o‘rganib tahlil qilinadi. Psixoterapevtik muolajalar paytida shaxs o‘zini jamiyatda qanday tutishi, kimlar bilan qanday munosabatda bo‘lishi, qanday vaziyatlar va odamlardan yiroq yurishi yo‘llari tushuntiriladi, o‘rgatiladi. Ayniqsa, bu uslub nevrotik tipdagi shaxslar bilan ishlaganda va distimiyalarda keng qo‘llaniladi.
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Asab va ruhiyat klinikasi maʼlumotlari" bo‘limi bo‘yicha